Yog’ochsozlik sanoati reja: yog’ochsozlik haqida ma’lumot
Download 29.87 Kb.
|
YOG\'OCH HISOBOT
Yogʻochsozlik sanoati - oʻrmon sanoatining yogʻochga mexanik va kimyoviymexanik ishlov berish, qayta ishlash hamda xom ashyo sifatida oʻz ehtiyojlari uchun turli yogʻochlardan foydalanadigan tarmogʻi. Yo. s mahsulotlariga arralangan yogʻoch, shpal, faner, yogʻoch toʻsinlar, qurilishda ishlatiladigan yogʻoch detallar, mebel, yogʻoch qipiklaridan va tolalaridan plitalar, parket, eshik, rom, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, kemasozlik, vagon qurilishi, qishloq xoʻjaligi mashinalari uchun xomaki va tayyor detallar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun qutilar, toʻqimachilik sanoatiga gʻaltaklar, turli moslamalar, poyabzal qoliplar, asbobuskunalar va ularga gʻiloflar, changʻi va b. sport anjomlari, gugurt va b. kiradi. Oʻzbekistonda yogʻochsozlik, yogʻochdan turli anjomlar yasash qadimdan hunarmandlikning rivojlangan turi tarzida mahalliy xom ashyo resurslari bilan chegaralangan holda mavjud boʻlib kelgan. Yogʻochsozlik yoki duradgorlik (yogʻochni qirqish, tilish, yoʻnish, randalash, parmalash), uysozlik, asbobsozlik, aravasozlik, egarsozlik, sandiqsozlik, beshiksozlik, panjarasozlik, oʻymakorlik singari juda koʻp tarmoqlardan iborat boʻlgan. Bu soxada uzoq vaqtgacha kichik korxonalar, oddiy mebel ishlab chiqaradigan artellar, kerakli asbobuskuna bilan taʼminlangan sexlar ishlab kelgan. 20-asrning 50—70y.larida Oʻzbekistonda respublikaning yogʻoch va yogʻochdan ishlangan buyumlarga boʻlgan ehtiyoji toʻlaroq taʼminlanishini inobatga olgan holda Yo. s taraqqiy eta boshladi. Qurilish ktlarining duradgorlik sexlari asosida yirik yogʻochsozlik korxonalari tashkil etildi, ularda deraza va eshik, arralangan yogʻoch, toʻsin, parket va b. duradgorlik mahsulotlarini sanoat usulida tayyorlashga oʻtildi. Germaniya, Shvetsiya, Italiya va Rossiya mashinasozlik korxonalari bilan hamkorlikda Toshkent duradgorlik buyumlari zavodi (1968), "Toshkent" yogʻochsozlik birlashmasi (1972 y., kuvvati 400 ming m2 rom, 500 ming m2 eshik tavaqalari), Toshkent quyoshdan himoya uskunalari zavodi (1974 y., quvvati 400 ming m2), yogʻoch chiqindilaridan presslangan qurilish taxtachalari ishlab chiqaradigan zd (1976 y., kuvvati 20 ming m3) ishga tushirilganidan tashqari Sharqiy Sibirda Oʻzbekiston tashkilotlari qaramogʻida 11 oʻrmon sanoati (daraxt kesish) xoʻjaliklari ham ish yuritdi. Daraxt kesish xoʻjaliklarida yiliga 500 ming m3 dan koʻproq yogʻoch va taxta tayyorlanib, respublikaga keltirib turildi. 1978 y.ga kelib Oʻzbekiston Sharqiy Sibirda yogʻoch tayyorlashdan yogoch va taxtani sotib olishga oʻtdi. Oʻzbekistonda yogʻochsozlik korxonalari sonini va ularning i. ch. kuvvatlarini koʻpaytirish ishlari uzluksiz davom ettirildi. 1979—1995 yillarda Toshkent, Asaka, Qoʻqon sh.larida yangi duradgorlik sexlari ochildi. 1991 yilda quyoshdan himoya uskunalari zdida plastmassadan deraza romlari ishlab chiqaradigan liniyalar, 1994 y. Toshkentda Markaziy Osiyoda birinchi boʻlgan "OʻzEllas" gugurt zavodi (Oʻzbekiston — Gretsiya qoʻshma korxonasi; yillik kuvvati 300 mln. kuti gugurt) mahsulot chiqara boshladi. 1995—2000 yillarda iqtisodiy islohotlar tufayli yogʻochni qayta ishlash sohasidagi barcha korxonalar davlat tasarrufidan chikarilib, ular asosida aksiyadorlik, jamoa va xususiy korxonalar tashkil qilindi. Qator viloyatlarda qisqa vaqt ichida plastmassa va metalldan har birining quvvatini 10—20 ming m2 boʻlgan zamonaviy koʻrinishdagi eshik va rom tayyorlaydigan qoʻshma va xususiy kichik korxonalar jadal surʼatda tashkil qilindi. Bu mahsulotlarning afzalligi rom va oynalar blok shaklda tayyorlanib, chang , sovuq va shovqinni oʻtkazmaydi, issiqlikni tejaydi. Oʻzbekistonda Yo. s. tarkibidagi korxonalar yiliga 3 mln. m2 eshik va deraza romlari, 233 ming m2 parket, 1 mln. m uzun oʻlchovli buyumlar (plintus, qoplamalar va b.), 50 ming m2 quyoshdan himoya uskunalari, 2,5 mln. dona oshik,moshiq, 50 ming m3 taxta va boshqa mahsulot i. ch. kuvvatiga ega (2001). Shuningdek, koʻpgina jamoa va shirkat xoʻjaliklari, kurilish tashkilotlarida arralangan yogʻochga ishlov berish va gʻoʻla yogʻochni tilish bilan shugʻullanadigan korxonalar bor. Respublika xalq xoʻjaligi va aholining yogʻoch — taxtaga boʻlgan yillik ehtiyoji 10 mln. m3 ga boradi. Yogʻoch xom ashyosi taqchilligi tufayli Yo. s.dagi mavjud kuvvatlarning yarmidan foydalanilmokda. Respublikaning yogʻoch, taxta, qogʻoz, sellyuloza, gugurt va b. boʻlgan ehtiyojini toʻlaroq qondirish, yogʻochni qayta ishlash sanoati korxonalarining xom ashyo bazasi mustaqilligini taʼminlash uchun respublika Vazirlar Mahkamasi 1994 y. 8 fevralda "Sanoat terakchiligini rivojlantirish va boshqa tez oʻsuvchi yogʻochbop daraxtzorlarni barpo etishga oid choratadbirlar toʻgʻrisida" qaror qabul qildi. Qarorda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlarda har yili 10 ming ga, 10 yilda 100 ming ga terakzor tashkil etish, yaqin kelajakda har yili 3 mln. m3 sanoatbop va qurilish yogʻochi tayyorlash rejalashtirilgan. Xorijiy mamlakatlardan Rossiya, AQSH, Shvetsiya, Finlyandiya, Norvegiya va Kanada kabi mamlakatlar iqtisodiyotida Yo. s. muhim oʻrinda turadi. Bu mamlakatlardan oʻrmon resurslari kam boʻlgan davlatlarga yogʻoch va yogʻoch mahsulotlari eksport qilinadi. Germaniya va Fransiyada ham. rivoj topgan.Download 29.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling