Yo‘gon ichakda hazm
Download 1.16 Mb.
|
Taqdimot
Bu jarayon sust elektrokimyoviy gradient boyicha boladi. Bundan tashqari, natriy ionlarining bir qismi glyukoza, aminokislotalar, bikarbonatlar va xloridlar bilan boglangan holda bazolateral membranalar orqali otish mexanizmlari mavjud. Natriy ioni sorilayotganda shu moddalar bilan birgalikda hujayralarga kiradi. Bazolateral membranalar orqali natriy ionlarining faol transport mexanizmlari yordamida qon, toqima suyuqligiga va limfaga otadi. Enterotsitda uning miqdori qanchalik kop bolsa, u shunchalik oson passiv transport yoli bilan apikal membranalar orqali otadi. Trasportning turli stimulatorlari va ingibitorlari eng avvalo natriyning bazolateral membranasidagi faol transport tizimiga tasir qiladi. Yogon ichakda natriyning transporti qandli moddalar va aminokislotalarning miqdoriga bogliq emas, ingichka ichakda esa bunday boglanish mavjud. Ingichka ichakda natriy transporti asosan xlor ionlari bilan, yogon ichakda esa kaliy ionlari bilan bogliq.
Organizmda natriy miqdori kamayganda uning sorilishi keskin oshadi. Xlor anionining medada, shu bilan birga, ichaklarda, ayniqsa, yonbosh ichakda sorilishi ham sust va faol tashilish mexanizmi asosida amalga oshiriladi. Ikkala holatda ham, ayniqsa, passiv transportda xlorning tashilishi natriy ionining tashilishiga bogliq boladi. Xlor ionlarining faol tashilishida ularning bikarbonat ionlariga almashinishi ham tegishli ahamiyatga ega. Sorilayotgan natriy va xlor ionlari suvni «ergashtirib» hujayra membranalardan otadi. Ximusdan enterotsitga otgan natriy va xlor ionlari sitoplazmada osmotik bosimni oshirib yuboradi. Paydo bolgan osmotik bosimning farqi suvning hujayraga kirishini taminlaydi. sitoplazmadan toqima suyuqligiga otgan natriy va xlor ionlari ketidan suv osmos sababli hujayradan tashqariga chiqadi va undan keyin qon va limfaga qoshilib ketadi.
Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling