Yo‘gon ichakda hazm
Download 1.16 Mb.
|
Taqdimot
Enterotsitlarning endoplazmatik retikulumida yoglar parchalanishi natijasida hosil bolgan neytral yoglar va fosfolipidlar qaytadan sintezlanadi. Sintezlangan yoglar Golji apparatida oqsillar bilan birikib, xilomikronlar va zichligi juda ham kam bolgan lipoproteinlar hosil qiladi. Bular lateral va bazal membranalar orqali enterotsitdan chiqib, vorsinkaning markaziy limfa tomiriga otadi. Yoglarning asosiy qismi limfaga sorilganligi uchun yogli ovqat istemol qilingandan keyin limfa sutsimon korinishga ega boladi.Meyorda qonga yog kislotalarning zanjiri uncha katta bolmagan triglitseridlar ham otib turadi. Qon kapillarlarga suvda eriydigan erkin yog kislotalar va glitserin ham otishi mumkin. Qisqa zanjirli yog kislotalar uchun xilomikronlarning hosil bolishi shart emas. Xilomikronlarning bir qismi limfa tomirlaridan tashqari vorsinkalarning qon tomirlariga ham otishi mumkin.
Suv, mineral tuzlar va vitaminlarning sorilishi.Suv hazm kanaliga ichimlik va ovqatlar (2-2,5 l) hamda hazm bezlar shiralari (6-7 l) tarkibida kiradi. Suv najas bilan (100-150 ml) atrofida organizmdan chiqib ketadi. Qolgan suv hazm kanalidan qonga, bir qismi limfaga qayta soriladi. Qayta sorilish jarayoni ingichka va, ayniqsa, yogon ichakda roy beradi (bir kecha-kunduz davomida 8 l atrofida). Suv, natriy va xlor ionlari bilan ichakka osmos gradienti boyicha otishi mumkin. Ingichka ichakda suv va bazi anionlarning sorilishi natriy va xlor ionlariga bogliq. Natriy ionlari ichak boshligidan qonga enterotsitlar orqali va hujayralar oraligidagi kanallar boylab ham otadi. Bu kanallardan natriyning tashilishi sust kontsentratsion gradient mexanizmi boyicha amalga oshadi. Natriy kationining enterotsitlar orqali sorilish jarayoni anchagina murakkab. Ichak ximusidan natriy kationi avval apikal membrana orqali enterotsit ichiga kopincha passiv transport orqali otadi.
Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling