Yo‘l harakati qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar
Download 90.68 Kb.
|
Yo\'l harakati qoidalar
27-bob. Yuk tashish
160. Tashilayotgan yukning vazni va o‘qlarga tushadigan og‘irlik miqdorining taqsimlanishi qonunchilik hujjatlarida belgilangan va ishlab chiqargan korxona tomonidan ushbu transport vositasi uchun belgilangan miqdordan oshmasligi kerak. 161. Haydovchi harakatni boshlashdan oldin yukning to‘g‘ri joylashganligiga va mahkamlanganligiga ishonch hosil qilishi, harakatlanish vaqtida esa, yukning tushib ketmasligini va harakatlanishga xalaqit bermasligini ta’minlash maqsadida uning holatini kuzatib borishi kerak. 162. Quyidagi shartlarga amal qilinganda yuk tashishga yo‘l qo‘yiladi: agar yuk haydovchiga tevarak-atrof ko‘rinishini cheklamasa; transport vositasini boshqarishni qiyinlashtirmasa va muvozanatini buzmasa; tashqi yoritish asboblari, gabarit fara chiroqlarini va yorug‘lik qaytargichlarini, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik davlat raqam belgilari va taniqlik belgilarni, shuningdek, qo‘l bilan beriladigan ishoralarni ko‘rishini to‘smasa; avtotransport vositalarining ochiq yuk tashish platformalarida, issiq asfalt, yirik gabaritli va og‘ir yuklardan tashqari, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat tovarlarini, shuningdek, to‘kiladigan boshqa yuklarni tashishda yuk majburiy tartibda brezent yoki boshqa qalin material bilan yopilgan bo‘lsa; shovqin solmasa, chang ko‘tarmasa, yo‘lni va atrof muhitni iflos qilmasa; yengil avtomobilning tom qismiga o‘rnatilgan yukxonasidagi yukning balandligi 1 metrdan (maxsus moslamalar bilan mustahkamlangan holda velosipedlarni tashish bundan mustasno) va uzunligi avtomobilning gabaritidan 0,5 metrdan oshmasa. Agar yukning joylashuvi va holati qayd etilgan talablarga javob bermasa, haydovchi yuqorida sanab o‘tilgan qoidalar buzilishini bartaraf etish choralarini ko‘rishi, buning iloji bo‘lmasa, keyingi harakatlanishni to‘xtatishi shart. 163. Transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, yon tomonga gabaritning chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk “Katta o‘lchamli yuk” taniqlik belgisi bilan belgilanishi, sutkaning qorong‘i vaqtida va yetarlicha ko‘rinmaydigan sharoitda esa bunga qo‘shimcha ravishda oldi oq rangli chiroq yoki yorug‘lik qaytargich, orqasi esa qizil rangli chiroq yoki yorug‘lik qaytargich bilan belgilanishi kerak. 164. Katta hajmli va og‘ir vaznli hamda xavfli yuklarni tashishda gabarit o‘lchamlari yukli yoki yuksiz holda eni bo‘yicha 2,55 (refrijeratorlar va izotermik kuzovlar uchun — 2,6) metrdan va balandligi yo‘l sathidan 4 metrdan, uzunligi yakka avtotransport vositasi uchun — 12 metrdan, yarim tirkamali va tirkamali avtopoyezd uchun — 20 metrdan ortiq bo‘lgan yoki yuki transport vositasining oldi va orqa nuqtasidan 2 metrdan ortiq chiqib turgan transport vositalarining harakatlanishi DYHXX bilan kelishilishi shart. Avtobus va mikroavtobuslar tomiga yuk tashish uchun moslamalar o‘rnatish, hamda belgilanmagan joylarda yuk tashish taqiqlanadi. Transport vositasida xalqaro yuk tashish transport vositalariga qo‘yiladigan talablarga va O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari hamda qonunchilik hujjatlarini hisobga olgan holda belgilangan tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi. Download 90.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling