Yo‘l harakati qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar
-bob. Mexanik transport vositalarini shatakka olish
Download 90.68 Kb.
|
Yo\'l harakati qoidalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-bob. Transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish
24-bob. Mexanik transport vositalarini shatakka olish
142. Qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olish shatakka olingan transport vositasining rul boshqaruvida haydovchi bo‘lgandagina amalga oshirilishi kerak. To‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakatlanganda qattiq ulagichning konstruksiyasi shatakka olingan transport vositasini shatakka olgan transport vositasining izidan harakatlanishini ta’minlaydigan hollar bundan mustasno. 143. Qattiq yoki egiluvchan ulagich bilan shatakka olingan avtobusda, trolleybusda va yuk avtomobili yukxonasida odam tashish qisman ortish yo‘li bilan shatakka olishda esa shatakka olingan transport vositasining kabinasida va yukxonasida, shuningdek shatakka olgan transport vositasining yukxonasida odamlar bo‘lishi taqiqlanadi. 144. Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o‘rtasidagi masofa 4 — 6 metr oralig‘ida bo‘lishi, qattiq ulagich bilan shatakka olishda esa 4 metrdan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Egiluvchan ulagich ushbu Qoidalarning 177-bandi talablariga muvofiq belgilanishi kerak. 145. Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno); ikki va undan ko‘p transport vositalarini; shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan ortiq bo‘lsa; ishchi tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq bo‘lsa (haqiqiy vazni kam bo‘lgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich bilan yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yo‘l qo‘yiladi); ikki g‘ildirakli mototsikllar bilan, shuningdek, bunday mototsikllarni; yo‘l yaxmalak, sirpanchiq bo‘lgan hollarda egiluvchan ulagichda. 25-bob. Transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish 146. Transport vositalarini boshqarishni dastlabki o‘rgatishga yopiq maydonchalarda yoki avtodromlarda o‘tkazilishi kerak. 147. Yo‘llarda transport vositalarini boshqarishni o‘rgatish faqat amaliy boshqaruvni o‘rgatuvchi ishtirokida dastlabki boshqaruv ko‘nikmalariga ega bo‘lgan o‘rganuvchiga ruxsat etiladi. O‘rganuvchi Qoidalar talablarini bilishi va ularga amal qilishi shart. 148. Transport vositasini boshqarishni o‘rgatayotgan vaqtda amaliy boshqaruv o‘rgatuvchisida transport vositasini boshqarishni o‘rgatish huquqini beruvchi hujjat, shuningdek, tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi bo‘lishi shart. 149. Transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lishi uchun o‘rganuvchi o‘quv muddati yakunida: “A” toifasi uchun — 16 yoshga; “B” va “C” toifalari uchun — 18 yoshga; “BE” va “CE” toifalari uchun — 19 yoshga; “D” va “DE” toifalari hamda tramvay va trolleybuslar uchun 21 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak. Oldingi tahrirga qarang. 150. Boshqarishni o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mexanik transport vositalari “Boshqarishni o‘rgatish transport vositasi” taniqlik belgisi va o‘rgatuvchi uchun ulagich (ssepleniye) va tormozning qo‘shimcha tepkilari, orqani ko‘rsatuvchi ko‘zgu hamda ushbu transport vositalarining harakat yo‘nalishini nazorat qilish imkonini beradigan GPS qurilmalari bilan jihozlanishi kerak. (150-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2022-y., 09/22/393/0654-son) 151. Boshqarishni o‘rgatish yo‘nalishlari ushbu Qoidalarning 183-bandiga muvofiq DYHXX bilan kelishilishi shart. Boshqa yo‘llarda boshqarishni o‘rgatish taqiqlanadi. Download 90.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling