Yo'l harakatini tashkil etish tizimining o'zaro bog'liqligi
Yo`l harakatini tashkil etishda “Avtomobil – Haydovchi – Yo`l – Piyoda – Muhit” tizimining o`zaro bog`liqligi
Download 55.5 Kb.
|
Yo\'l harakatini tashkil etish tizimining o\'zaro bog\'liqligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Yo`l harakatini tashkil etishda “Avtomobil – Haydovchi – Yo`l – Piyoda – Muhit” tizimining o`zaro bog`liqligi
Avtomobil yo`llarida insonlar tomonidan boshqariladigan turli xildagi mehanik va mehanik bo`lmagan transport vositalari, harakatlanayotgan (yoki harakatda bo`lmagan) piyodalar majmuidan iborat murakkab dinamik tizim mavjuddir. Bu tizim yo`l harakati deb ataladi. Yo`l harakatining muammolari va turli hususiyatlari eng avvalo “Avtomobil-Haydovchi-Yo`l-piyoda-muhit” tizimi orqali belgilanadi. Ular o`z navbatida atrof-muhitda faoliyat ko`rsatadilar (11.1-rasm). 11.1-rasm. “Avtomobil-haydovchi-yo`l-piyoda-muhit” tizimi Tizimga quyidagi tashkiliy qismlar kiradi. A (Avtomobil), H (Haydovchi), Y (Yo`l), P (Piyoda). Bu tashkiliy qismlar muhitda faoliyat ko`rsatibgina qolmasdan, atrof – muhit bilan ularning har biri chambarchas bog`liq bo`ladi. “Muhit” deb atrof-muhitning yo`l harakati xavfsizligiga mujassamlashgan ta`siri tushuniladi va u quyidagi faktorlardan tashkil topadi: 1) ob-havo (meteorologik ko`rinish, yog`ingarchilik, shamol, temperatura); tabiiy-landshaft (tekislik, qir-adirlik, tog`lik, yer osti, yer usti suvlari va h.k.z.); mehanik (shovqin, chang, tebranish, gaz chiqindilari bilan ifloslanganlik va h.k.). A-H-Y-P-M” tizimida mehanik “Avtomobil-yo`l (AY)” va biomehanik “Haydovchi-avtomobil”, “Haydovchi-Yo`l”, “Piyoda-Avtomobil”, va “Piyoda yo`l”, hamda biologik “Haydovchi-Piyoda”, tizimlarini ajratib ko`rsatish mumkin. “A-H-Y-P-M” tizm optimal faoliyat ko`rsatishida har bir tashkil etuvchinind alohida hamda, ularning birgalikdagi (AH, HY, YP, AP va boshqa) tasniflari katta ahamiyatga ega. Avtomobil transportining konstruktiv o`lchamlari (parametrlari) yo`l harakatining tasnifiga ta`sir ko`rsatadi. Bunda avtomobilning geometrik o`lchamlari, tortish va tormozlanish sifati, boshqarilish darajasi, haydovchi ish joyining qulayligi muhim o`rin egallaydi. Yo`l harakati xavfsizligi eng asosan haydovchining ishonchliligiga, uning tayyorgarligiga va ishlash qobiliyatiga bog`liq. Piyodalar yo`l harakatida alohida o`rin egallaydilar. Ular yo`l harakat qoidalarini mukammal bilishlari va amal qilishlari real yo`l sharoitlarida harakat xavfsizligini ta`minlashga imkon yaratadi. Umumiy tomonlarda optimal ravishda kelib chiqqan holda, yo`l harakati xavfsizligini ta`minlashga birinchi navbatda “A-H-Y-P-M” tizimidagi har bir tashkil etuvchining va birgalikda faoliyat qiluvchilarning tasniflarini optimallashtirish orqali erishish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. I.A. Karimov, Jahon moliyaviy inqirozi O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo`llari va choralari. Toshkent. “O`zbekiston” – 2009 y. – 56 bet. 2. “Yo`l harakati qoidalari”. Toshkent – 2001 y. 3. “Yo`l belgilari va yo`l chiziqlari”. Toshkent – 2001 y. Download 55.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling