Yo‘l joylashgan hududning tabiiy-iqlim sharoiti
AVTOMOBIL YO‘LINI QURISHDA TEXNOLOGIK JARAYONLARNING CHIZIQLI KALENDAR GRAFIGINI TUZISH
Download 0.72 Mb.
|
Asadbek BMI
AVTOMOBIL YO‘LINI QURISHDA TEXNOLOGIK JARAYONLARNING CHIZIQLI KALENDAR GRAFIGINI TUZISH.
Chiziqli kalendar grafigi qurilayotgan yo‘lning butun uzunligi bo‘yicha chiziladi. Chiziqli kalendar grafigi ishlab chiqarishda juda muhim o‘rin tutadi. Chunki chiziqli kalendar grafigi qurilish muddatining qaysi paytida aynan qanday ish bajarilayotganini aniq ko‘rsatadi. Chiziqli kalendar grafigi shunday tuzilishi kerakki vaqtdan unumli foydalanish maqsadida bir ish tugashini hisobga olib, bu ish tugamasdan turib keyingi ishni bajarishga kirishish mumkin. Chunki ayrim qurilish jarayonlari bir biriga bog‘liq emas. Masalan yo‘l yoqasini mustahkamlayotgan paytda bu jarayonni tugashini kutib o‘tirmasdan bir vaqtning o‘zida qurib bo‘lingan qoplama yuzasiga yo‘l chiziqlarini chizishni amalga oshirish mumkin. Menga berilgan Navoiy viloyati hududidagi 5 km lik yo‘l uchatkasida yo‘l qoplamasini TEK tiklash ishlari uchun yo‘lning butun uzunligi bo‘yicha chizdim. Bajariladigan barcha jarayonlar, ishtirok etuvchi mashina mexanizmlar ko‘rsatildi. Ordinata o‘qi bo‘yicha kun, oy va yil joylashtirdim, abssissa o‘qi bo‘yicha esa piket va kilometrlarni ko‘rsatdim. Grafikning o‘ng tarafida ishchi kuchi va avtosamosvallarga bo‘lgan talab epyurasini tasvirlab berdim. Chiziqli kalendar grafigini tuzayotganda har bir ishlar ketma-ketligi shunday belgilanadiki, ishlar bir-biriga halal bermagan holda biri tugashini kutmasdan ikkinchisi tashkil etiladi. Chiziqli kalendar grafigi ishlab chiqarishda juda muhim o‘rin tutudi. Chunki chiziqli kalendar grafigi qurilish muddatining qaysi paytida aynan qanday ish bajarilayotganini aniq ko‘rsatadi. Chiziqli kalendar grafigi shunday tuzilishi kerakki vaqtdan yutish maqsadida bir ish tugashini hisobga olib, bu ish tugamasdan turib keyingi ishni bajarishga kirishish mumkin. Chunki ayrim qurilish jarayonlari bir biriga bog‘liq emas. Masalan yo‘l yoqasini mustahkamlayotgan paytda bu jarayonni tugashini kutib o‘tirmasdan bir vaqtning o‘zida qurib bo‘lingan qoplama yuzasiga yo‘l chiziqlarini chizishni amalga oshirish mumkin. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling