Yo‘l joylashgan hududning tabiiy-iqlim sharoiti


Asfaltbeton yotqizgich bilan ishlaganda


Download 0.72 Mb.
bet20/20
Sana19.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1600931
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Asadbek BMI

Asfaltbeton yotqizgich bilan ishlaganda

  • Yo‘lda va ish xududida hech qanday to‘siq bo‘lmasligi kerak;

  • Obektlar, boshqa avtomobillar xavfli joylarda masofani saqlashi kerak;

  • Noto‘g‘ri joylardan xaydashda extiyot bolish, asfaltning sirpanishi, qiyshayishi va ag‘dalishiga yo‘l qoymaslik;

  • Odamlar asfalt qoplamasini tashish ushlash mumkin emas;

Avtomobil yo‘llarini loyixalash, qurish va ta’mirlashda atrof muhitga ta’sir ko‘rsatishni baholash RD 119 0027714-29-93 ga hamda QMQ 2.05.02-95 ning 3-qismi RD 119 0027714-29-93 va 2.05.11-95 ning 7 - qismi shu qatorda texnika xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi me’yoriy hujjatlarning talablarini bajarish zarur.
Avtomobil yo‘lini ta’mirlash ishlarini olib borishda atrof muhitni muxofaza qilish chora tadbirlarini hal qilish zarur. Ishlab chiqarishda texnologik yechimlarni qabul qilishda atrof muhitga zarar yetkazmaslikni tabiat muvozanatini buzmasligini, geologik, ekologik va gidrogeologik sharoitlarni o‘zgarish xavfi tug‘ilmasligini hisobga olgan holda hal etish lozim.
Ta’mirlash ishlari jarayonida mexanizmlarni tanlashda tegishli sanitariya me’yorlarini, atrof-muhitni va suv qurilmalarini ifloslantiruvchi chiqindilarning ruxsat etilgan me’yorlarga rioya qilgan holda atrof-muhit va atrofdagi yerlarga zarar keltiruvchi boshqa zararlarni butunlay yo‘q qilish va o‘ta kamaytirishni ko‘zlash zarur.
Transport oqimi shovqini sanitariya me’yorlaridan oshmasligi zarur. Yo‘l atrofidagi hududga ko‘rsatilgan salbiy ta’sirni kamaytirish maqsadida yo‘l bo‘yida tashqi salbiy ta’sirlarga chidamli bo‘lgan yashil daraxtlardan himoya mintaqasi yaratish kerak.
Qurilishni olib borishda shamol yo‘nalishi bilan bir xil yo‘nalishda ish olib borish ma’qul. Yo‘lni qurish vaqtida agar yo‘l qimmatli unumdor yerlardan o‘tsa, o‘sha trassa o‘tadigan yer unumdor qismi qirqib olinib, unumsiz yerlarga tashib chiqariladi.
Qirqib olinadigan unumdor qatlamning fizik va ximiyaviy tarkibi GOST 17.5.1.03-86 ga to‘g‘ri kelishi kerak. Gildan supesgacha bo‘lgan gruntlarning granulometrik tarkibi 1.5 g/sm3 dan oshmasligi kerak. Aholi punktlaridan o‘tgan joylarda shamol yo‘nalishi hisobga olinib, chang to‘zon va transport tovushlaridan saqlanish uchun shamol yo‘nalishiga teskari tomondan ish olib boriladi
Yo‘l chetlarini qurishda ishlatiladigan sanoat va issiqlik elektrostansiyalaridan chiqqan qoldiq maxsulotlar, shlak, qotgan yoqilg‘i qoldiqlari, fosforit qoldiqlarini, ularni atrof-muhitga ta’sirini hisobga olib, agar ta’siri kam bo‘lsa ularni tavsiya etiladi. Yo‘llardan uy hayvonlari o‘tadigan joylarda maxsus o‘tish joylari quriladi va ularning xavfsizligi ta’minlanadi.
Avtomobil yo‘lini qurish yoki ta’mirlashda atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishni baholash RD 119.002771-29-93 ga muvofiq amalga oshiriladi. Shuning uchun mazkur avtomobil yo‘lini ta’mirlashda atrof-muhit ifloslanishini, salbiy ekologik oqibatlarni yumshatish uchun quyidagi chora tadbirlar amalga oshiriladi.

  • Yo‘l poyini ko‘tarishda ishlatiladigan gruntning changlanishlarini oldini olish zarur.

  • Toza suv oqib o‘tadigan yo‘l poyi yaqinidagi ariqlarga zaharli moddalar tushib ketishiga yo‘l qo‘yilmasligi zarur. (Ya’ni: ohak. kul, bitum, sement kabi bog‘lovchi moddalar)

  • Sement maxsus ajratilgan omborlarda saqlanishi, shamol ta’sirida changlanishiga yo‘l qo‘yilmasligi lozim.

  • Qurilishda ishlatiladigan maxsulotlarni tashib keltirishda quyidagilarga e’tibor berilishi kerak:

Qurilish maxsulotlarining transportdan to‘kilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.
Yoqilg‘i moylarini yo‘llarga to‘kilib ifloslanishiga yo‘l qo‘yilmasligi
Yo‘l poyidan suvni chetlatish chora tadbirlarini ko‘rish.
Aholi yashaydigan joylarda yo‘l chetini mustahkamlash, yo‘lga ishlatiladigan maxsulotlarni tashish davomida yo‘lni saqlash ishlarini bajarish, (bunda yo‘lga suv sepish, tekislab turish va boshqa ishlar) e’tibordan chetda qolmasligi zarur.

  • Yo‘l chetidagi daraxtlarni faqatgina loyihaviy ko‘rinishni ta’minlash darajasida qirqilishi.

  • Vaqtinchalik foydalaniladigan yerlarda relyefni qayta tiklash amalga oshirilishi zarur.


XULOSA
Men bitiruv malakaviy ishi rahbarim bilan birgalikda Navoiy viloyatidagi 4N361 “Qalqonota q.- Sarmishsoy q.” yo‘lining 18-22 km bo‘lagini joriy ta’mirlash texnologik jarayonlarini ishlab chiqdik va tashkil etdik. Bunda mavjud avtomobil yo‘lining holatini va transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini holatini baholadik.
Bizning yo‘l uchastkamizda ko‘ndalang nishabliklar yo‘qolganligi uchun qatnov qismida suvlar to‘planayotganini , qatnov qismida ko‘ndalang va bo‘ylama yoriqlar, o‘yilgan joylar, kolleyalar vujudga kelganini kuzatdik. Bu holatlar avtomobil yo‘lining ravonligiga , tishlashish koefitsiyenti , mustahkamligi va avtomobillarning harakat tezligiga ta’sir ko‘rsatayotganligini aniqladik.
MQN 45-2007 “Avtomobil yo‘llarida transport vositalarining harakat jadalligini hisobga olish bo‘yicha qo‘llanma” ga asosan berilgan yo‘l bo‘lagidan o‘tuvchi avtomobillar miqdorini bir soat mobaynida vizual tarzda o‘rgandik. Olingan natijalar asosida sutkalik harakat jadalligini aniqladik. Topilgan sutkalik harakat jadalligi asosida joriy yildagi , 5 va 10 yildan keyingi harakat jadalligini topdik.
Mavjud avtomobil yo‘lining 18-22 km bo‘lagida quyidagi texnologik jarayonlarni bajarildi. Bunga ko‘ra:

  • Freza yordamida avtomobil yo‘lining 480 m qismini 5 sm qalinlikda qirqib olindi;

  • Eski asfaltbeton qoplamani avtosamasvalda ABZ ga tashib ketildi;

  • Supurib-tozalovchi mashina yordamida kesib olingan yuza tozalandi;

  • Avtogudranator yordamida kesib olingan yuzaga bitum sepildi. Bitum sarfi 1000 m2 yuzaga 0.2 t;

  • Kesib olingan yuzaga mayda donali issiq zich asfaltbeton qorishmasi yotqizildi;

  • Yengil , o‘rta va og’ir katoklar yordamida zichlandi ;

  • Tekislovchi qatlam sifatida butun yuza uzunligiga 3 sm qalinlikda mayda donali issiq zich asfaltbeton qorishmasini yotqizdik;

  • Qatnov qismi bo‘yicha yengil , o‘rta va og’ir katoklar yordamida zichlash ishlari bajarildi ;

  • Yo‘l yoqasini avtogreyder yordamida 5 sm qalinlikda surib , tekislab o‘simlikdan tozalab , yangi QShA yotqizildi;

  • Suv sepib namlab, zichlash ishlari bajarildi;

  • Yo‘l yotiq chiziqlarini butun yo‘l uzunligi davomida chizish ishlari bajarildi ;

Bajarilgan texnologik jarayonlar asosida ShNK 4.02.27-05 me’yoriy hujjatiga asosan smeta harajatlarini tuzdik. Barcha sarflangan harajatlar diagrammada foiz hisobida ifodalandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling