Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
-§. Yagona soliqning stavkalari, soliqni hisoblash muddatlari
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
4-§. Yagona soliqning stavkalari, soliqni hisoblash muddatlari Soliqni joriy etish afzalliklari. Yagona soliq to`lovchilar tomonidan mustaqil ravishda soliq solinadigan oborot va tasdiqlangan stavkalar asosida hisoblab chiqiladi. Yagona soliq bo`yicha hisob-kitoblar davlat soliq xizmati organlariga yil choragilik va yillik hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda taqdim etiladi. Yagona soliq budjetga yilning har choragida o`sib boruvchi yakun bo`yicha hisob-kitobni taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan to`lanadi. Yagona soliq summasi mahalliy budjetga o`tkaziladi. To`lovchilar O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq javobgar bo`ladilar. Yagona soliq to`lovchilari bo`ladi, korxonada ishlovchilar soni chek-langan me'yordan oshmagan yuridik shaxslar hisoblanadi. Bunga hamma sohalarda faoliyat ko`rsatuvchi har xil mulk shaklidagi korxonalar kiradi. Demak, kichik korxona me'yori faqat ishlovchilar sonigagina qaralib, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori va daromad olish darajasi e'tiborga olinmagan. Shu yerdan ko`rinib turibdiki, davlat ko`p mahsulot ishlab chiqaruvchi, ishlar, xizmatlar bajaruvchi kichik korxonalarni har tomonlama rag`batlantirishni muljallaydi. Faoliyat turi xilma-xil bo`ladi ham yagona soliq to`laydilar. Yagona soliq to`lovchi konconalar sotib olingan tovarlar va xomash-yolar tarkibida to`langan KKS summasini shu tovarlar va xomashyo tar-kibiga kiritadi (konsignatsion tovarlar bo`yicha davr xarajatiga olib boradi). Mahsulot yetkazuvchilarga ish va xizmat bilan birga to`langan QQS summasi shu ishlar, xizmatlar qiymatiga kiritiladi. Yagona soliq to`lovchilar, bordiyu asosiy vostilar va nomoddiy aktivlarini ijaraga bersalar, unda shu aktivlar qiymatidan mol-mulk solig`ini umumiy tartibda to`laydilar. 45 Korxonada ishlovchilar soniga shartnoma bo`yicha ishlovchilar, fuqaro- huquqiy shartnomalar bo`yicha ishlovchilar hamda yuridik shaxs maqomini olmagan filial va vakolatxonalarida ishlovchilar soni ham qo`shiladi. Ro`yxatdan o`tgan kundan boshlab, ixchamlashtirilgan soliqqa tortish tizimiga o`tishni qaror qilgan yangi korxonalar ro`yxatdan o`tgan joydagi soliq inspeksiyasiga yozma ariza beradilar. Bu yerda ixchamlashtirilgan soliqqa o`tishga ruxsat olish kerak boimaydi. Korxonada ishlovchilar sonidan 50 %ni 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, invalitlar birlashmasi «Nuroniy» va O`zbekiston Chernobilchilar assatsiyatsiyasi mulkida bo`lgan nogironlar tashkil etsa yagona soliq to`lashdan ozod etiladilar. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 13-noyabrdagi 390-son qaroriga asosan mikrofirmalar va kichik korxonalar tushumi: - iste'mol tovarlari ishlab chiqarishdan olinsa soliq stavkasi yigirma besh foiz kamaytiriladi; - iste'mol tovarlari ishlab chiqarish fizik hajmi o`sish hisobiga olinsa yagona soliqdan ozod etiladi. Mikrofirmalar va kichik korxonalar, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirganlari taqdirda, soliqning qafiy belgilangan summasini oldindan to`lab boradilar. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling