Yo`ldаshev Asqarali Yakubovich soliqlar va soliqqa tortish
-§. Daromad solig`ining hisoblab chiqarilishi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
soliq va soliqqa tortish
5-§. Daromad solig`ining hisoblab chiqarilishi Soliq kodeksiga muvofiq, asosiy bo`lmagan ish joyidan (O`zbekiston Respublikasidagi, shuningdek uning hududidan tashqaridagi manbalardan) daromad olgan rezident-jismoniy shaxs doimiy istiqomat joyidagi soliq organlariga hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay jami yillik daromad haqida deklaratsiya taqdim etadi. Tamom boigan taqvimiy yilda faqat asosiy ish (xizmat, o`qish) joyda mehnat vazifasini bajarishdan daromad olgan jismoniy shaxslar shu yil uchun olingan daromadlar haqida deklaratsiya taqdim etmaydilar. Chet ellik jismoniy shaxslar O`zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan e'tiboran bir oy mobaynida mo'1jallangan daromadlar haqida deklaratsiya topshiradilar. Chet ellik jismoniy shaxslarning faoliyati taqvimiy yil mobaynida to`xtagan va u O`zbekiston Respublikasidan chiqib ketadigan bo`lsa, amalda olingan daromadlar haqida jo`nab ketishdan kamida bir oy oldin deklaratsiyani topshirishi lozim. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy shaxs olingan 52 daromadlar va qilingan xarajatlar to`g`risidagi deklaratsiyani belgilangan tartibda quyidagi muddatlarda taqdim etiladi: - shunday daromadlar paydo bo`lgan kundan e'tiboran birinchi oy o`tgandan keyingi besh kun ichida; - hisobot yilidan keyingi yilning 15-yanvarigacha. O`zbekiston Respublikasidagi jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyati to`xtatilgan taqdirda soliq organi soliq to`lovchidan kamroq bo'1gan davr uchun hisobotlar, soliq bo`yicha hisob-kitoblar hamda daromadlar to`g`risidagi deklaratsiyani taqdim etishni yozma xabarnoma top-shirish yo`li bilan talab qilishi mumkin bo`lib, xabarnomada buning sababi va hisobotlar, soliq bo`yicha hisob- kitoblar hamda jami yillik daromad va qilingan chegirmalar to`g`risidagi dekloratsiya qachon va qaysi davr uchun taqdim etilishi lozimligi ko`rsatiladi. Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini to`xtatish haqida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan taqdirda soliq to`lovchi 5 kunlik muddatga bu haqida soliq organini yozma ravishda xabardor qiladi. Jismoniy shaxslaming tadbirkorlik faoliyatini to`xtatish haqida qaror qabul qilingandan so`ng soiiq to`lovchi 15 kun ichida soiiq organiga hisobotlar, soliq bo`yicha hisob-kitoblar hamda daromadlar haqidagi deklaratsiyani taqdim etishi shart. Hisobotlar, soliq bo`yicha hisob-kitoblar va daromadlar haqidagi deklaratsiyalar Qonun huj-jatlarida belgilangan shakl va tartibda topshirish shart. Jismoniy shaxslar daromadlar to`lash manbayida soliqni ushlab qolishni: - ishlaydigan jismoniy shaxslarga mehnat shartnomalari yoki fuqarolik huquqiy shartnomalar bo`yicha to`lovlarni amalga oshiruvchi; - nodavlat pensiyalarini to`lovchi; - jismoniy shaxslarga dividend va foizlar to`lovchi amalga oshiradi. Jismoniy shaxslar daromad solig`ini ushlab qolish va budjetga o`tkazish uchun daromad to`lovchi yuridik shaxs javobgardir va soliq summasi ushlab qolinadi. Mazkur yuridik shaxs soliq summasi ushlab qolinmagan soliq summasini hamda u bilan bog`liq jarima va pensiyalarni budjetga to`lashi shart. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling