Yо‘ldosh neft gazlarni yoqishning muammolari reja: Yо‘ldosh neft gazini yoqish
Neftli yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilishning Norvegiya davlatida amalga oshirilishi
Download 236.02 Kb.
|
YО‘LDOSH NEFT GAZLARNI YOQISHNING MUAMMOLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yо‘ldosh neftli gazlarni utilizatsiya qilish bо‘yicha LUKOYL kompaniyasining tajribasi. “
- 2.Neftli yо‘ldosh gazlarni (NYG) utilizatsiya qilishning texnologik usullari
Neftli yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilishning Norvegiya davlatida amalga oshirilishi. Norvegiyada birinchi marta neft qazib olish 1971 yilda boshlangan. Shunday qisqa muddat oralig‘ida Norvegiyada neftdan samarali foydalanish natijalari olingan. Buning uchun bir nechta kuchli kompaniyalar birlashtirilgan va “neft bо‘yicha qonun” ishlab chiqarish davlat tomonidan amalga oshirilgan. Neftdan foydalanish qonuni neft gazini utilizatsiya qilish bо‘yicha litsenziyaga ega bо‘lgan tashkilotlardan hamda qurilma va ishlatish bо‘yicha katta talablarni о‘rnatgan.
Neftni boshqarish tashkiloti. Eksport uchun neft imkoniyatini yо‘qligi va mash’ala orqali yoqishni taqiqlash neftli gazlarni qatlamlarga qaytadan haydash holatiga olib kelgan. Gazni qatlamga haydash katta neftberaoluvchanlikka olib kelgan va suv haydashga nisbatan katta sanoat ahamiyatiga ega bо‘lgan. Umumiy samaradorlik quyidagicha: qо‘shimcha 0,43-0,48 mln. m3 neft va 1 mlrd. m3 gaz olishga erishilgan. Norvegiyada bir nechta yirik konlarga gaz haydalganda neftberaoluvchanlik koeffitsiyenti 53-66 % ni tashkil qilgan. Bu kо‘rsatgichni dunyodagi yirik konlardagi neftberaoluvchanlik koeffitsiyenti bilan taqqoslaganimizda 8 -9% ortiqcha ekanligini kо‘rsatadi[47]. Yо‘ldosh neftli gazlarni utilizatsiya qilish bо‘yicha LUKOYL kompaniyasining tajribasi. “LUKOYL” kompaniyasini neftli yо‘ldosh gazlarni qazib olish kо‘rsatgichi 2012 yilda 2011 yilga nisbatan 2,6 % ga va 10276 mln. m3 ni tashkil qilgan. Gazdan foydalanish 13,3 % ga о‘sgan va tovar yо‘ldosh gaz 9001 mln. m3 ni tashkil qilgan. LUKOYL kompaniyasi tomonidan neftli yо‘ldosh gazlardan gazli elektstansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarishda, qatlam bosimini saqlab turishda qatlamga haydalgan va boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlarida foydalanilgan. Tovar yо‘ldosh gaz gazni qayta ishlash zavodlariga va mahalliy iste’molchilarga yetkazib berilgan. “LUKOYL” OAJ neftli yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish kо‘rsatgichini har yili oshirib bormoqda 2009 yilda - 71,1 % ni, 2010 yilda - 77,5 % ni, 2011 yilda - 79,3 % ni, 2012 yilda esa 87,6 % ni tashkil qilgan. Neftli yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish kо‘ratgichining oshishi “LUKOYL” OAJ tomonidan konlarda – kompressor stansiyalarini va gazuzatmalarini qurish bilan bog‘liqdir. “LUKOYL” OAJ tomonidan neftli yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish kо‘rsatgichini oshirishda kichik energiya ishlab chiqarish uchun konlarda gazli elektr stansiyalarini qurish masalasi amalga oshirilmoqda. Buning natijasida mash’alaga yoqishga beriladigan gazning miqdorini qisqartirish, atmoferaga beriladigan gazni tashlanmalarini kamaytirish, neftqazib olinadigan tumanda ekologik holat yaxshilanmoqda. Shuning uchun G‘arbiy Sibirda neftli yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish 95 % ni tashkil qiladi [48]. 2.Neftli yо‘ldosh gazlarni (NYG) utilizatsiya qilishning texnologik usullari Neftli gazlarni utilizatsiya qilish hozirgi vaqtda neftqazib oladigan tarmoqda eng iqtisodiy va ekologik muommolardan biri hisoblanadi. Neftli gaz neftkimyo sanoati uchun eng nodir xomashyo hisoblanadi. Gazni qayta ishlash zavodlarida qayta ishlash asosida undan quruq benzinlangan gaz (QBG), etan, propan va butan aralashmasi (PBA), yengil uglevodorodlarning keng fraksiyasi (YEUKF), barqaror gazli benzi (BGB) olinadi. Amaliyotda uni qayta ishlash holati imkoniyotdan ancha uzoq bо‘lib, neftli gazni GQIZga tashish masalasi uzoqda joylashgan konlarda amalda hal qilib bо‘lmaydigan ish hisoblanadi. Uzoq va kichik neftkonlaridagi neftli gazlar samarasiz yoki uni qayta ishlash uchun tashishning va konning о‘zida ham foydalanish imkoniyatining yо‘qligi sababli yoqib yuboriladi. Masalan “Sibur - xolding” OAJda neftli gazni qayta ishlash imkoniyatining mavjudligiga qaramasdan 45% qazib olinadigan neftli gaz qayta ishlanadi. Shuning uchun neftli gazni utilizatsiya qilishning boshqa usullaridan foydalanish mumkin. Jahon neftli gazni utilizatsiya qilishning eng kо‘p qо‘llaniladigan usullariga quyidagi yо‘nalishlar kiradi: Qazib olinadigan joyda qayta ishlamasdan utilizatsiya qilish: qatlam bosimini saqlab turish uchun qatlamga haydash; suvgazli ta’sir etish [2]; keyinchalik foydalanish uchun yer osti gaz omborlariga haydash. Bu texnologiya nisbatan oddiy va amalda gazning tarkibiga bog‘liq emas lekin, energiya hajmi katta, ularni qо‘llash uyumning geologik xususiyatiga kо‘ra chegaralangan. Gazni yoki gaz suyuqlik aralashmasini gazni qayta ishlashga tashish multifazali transport yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun gazni tayyorlash quvuruzatmalardan foydalanishning texnik shartlariga bog‘liq bо‘ladi. Gazporshenli va gazturbinali elektrstansiyalarida yoqilg‘i sifatida (Gas to Power - GTP) foydalanish uchun kompressor jihozlarining о‘tkazmalaridan foydalaniladi. Zaruriy holatlarda shaxsiy ehtiyojlar uchun elektr energiyasi ishlab chiqariladi va undan sanoat va fuqora obyetlarini ta’minlashda foydalaniladi. Kо‘p holatlarda amaliyotda utilizatsiya qilish usullari birlashtiriladi. Qatlamga haydashni ta’minlash yoki gazni bir qismini jо‘natishdan oldin о‘tkazma kompressorda oldindan tayyorlangan yoqilg‘i gazi elektr energiyasini generatsiyasi maqsadida bosim ostida siqiladi va siqib bosimi oshirilgan kondensatdan barqaror kondensat olinadi. Bu utilizatsiya usullarining hammasini qо‘llanilishini iqtisodiy va texnologik chegaralari mavjud, birinchi navbatda neftli gazning tarkibiga muvofiq aniqlanadi. Download 236.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling