Yо‘ldosh neft gazlarni yoqishning muammolari reja: Yо‘ldosh neft gazini yoqish


Download 236.02 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi236.02 Kb.
#1507070
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YО‘LDOSH NEFT GAZLARNI YOQISHNING MUAMMOLARI


YО‘LDOSH NEFT GAZLARNI YOQISHNING MUAMMOLARI
REJA:
1. Yо‘ldosh neft gazini yoqish
2. NYGni utilizatsiya qilishning texnologik usullari
3. NYGni utilizatsiya qilishning zamonaviy texnologiyasi
4. Yо‘ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilish yо‘li orqali suyuq uglevodorodlarni ishlab chiqarish

1. Yо‘ldosh neft gazini yoqish
Keyingi yillarda yо‘ldosh gazlarni yoqish hajmi О‘zbekistonda katta kо‘rsatgichga qisqardi. Respublikamizda yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish bо‘yicha katta yutuqqa erishildi. Yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish hajmi “Kо‘kdumaloq” konida 4,7 mlrd.m3/yilga yetkazildi. Boshqa loyihalarni amalga oshirish natijasida “Shimoliy Shо‘rtan” va “Shakarbuloq” konlarida yо‘ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilish hajmi 0,35 mlrd.m3/yilga erishildi. “Shimoliy SHо‘rtan”, “G‘armiston”, “Qumchuq” va “Shakarbuloq” konlarida yо‘ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilish bо‘yicha loyihani amalga oshirishdagi Jahon bankidan olinadigan qarz masalasi bо‘yicha kelishuvlar tugallangan[45].
Neftli gaz – yengil uglevodorodlarning aralashmasi bо‘lib, neftning tarkibida erkin pufaklar kо‘rinish holatida yо‘ldosh holatda va erigan holda bо‘ladi. Chegaraviy uglevodorodlardan tashkil topgan bо‘ladi – metan, etan, propan, butan, izobutan. Ba’zi bir hollarda yо‘ldosh gazning tarkibida azot, karbonat angidrit va oltingugurt ham mavjud bо‘ladi.
Masalan Rossiya davlatini qaraydigan bо‘lsak, har yiliga 40 mlrd. m3 neftli yо‘ldosh gazlar qazib olinadi. Shundan 40 % ga yaqin hajmini neft kompaniyalari gazni qayta ishlash zavodlariga sotadi, u yerda neftli gazdan quritilgan gaz, neftkimyo sanoati uchun – yengil uglevodorodlarning keng fraksiyasi, gazli benzin va suyultirilgan gaz oladilar. Shundan yana 40 % ga yaqini neftgazqazib oluvchi korxonaning shaxsiy ehtiyojlari, elektr stansiyalarida yoqiladi yoki neftqazib olishni oshirish uchun neftli qatlamlarga haydaladi. Qolgan 20 % (taqriban 6 mlrd. m3) kondagi mash’alalar orqali yoqib yuboriladi. Agar hisoblab kо‘rilganda 1 mldr. m3 yо‘ldosh gaz yoqib yuborilganda 270 mln. dollarga teng miqdordagi tovar massasi yо‘qotiladi. Bu kо‘rsatgich bir yil davomida 1 mlrd. 620 mln. dollarni yо‘qotish degani.
Kompressor stansiyasi mavjud bо‘lgan asosiy konlardagi NYGni tozalash tizimlari va gazuzatma tarmoqlarida utilizatsiya qilish darajasi 80 – 95% ni, yangi konlarda esa 30% va undan ham kamni tashkil qiladi[46].

Download 236.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling