Yо‘ldosh neft gazlarni yoqishning muammolari reja: Yо‘ldosh neft gazini yoqish


-jadval Kosmik yer yо‘ldoshlari orqali olingan NYG ni yoqishning hisobiy hajmi 2006-2010 yillar


Download 236.02 Kb.
bet4/6
Sana16.06.2023
Hajmi236.02 Kb.
#1507070
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YО‘LDOSH NEFT GAZLARNI YOQISHNING MUAMMOLARI

1-jadval
Kosmik yer yо‘ldoshlari orqali olingan NYG ni yoqishning hisobiy hajmi 2006-2010 yillar

Davlatlar

2006

2007

2008

2009

2010

2009 yil mlrd.m3 2010 yilga mlrd.m3 solishtirilgan dinamika

2009 yil 2010 yilga yoqilgan kо‘rsatgichi solishtirilgan
% da

2010 ylda dunyo bо‘yicha davlatlarda NYGni yoqilishi, %da

1. Rossiya

50,0

52,3

42,0

46,6

35,2

-11,4

-32,4

26,3

2. Nigeriya

18,6

16,3

15,5

14,9

15,2

0,3

2,0

11,3

3. Iran

12,2

10,7

10,8

10,9

11,3

0,4

3,5

8,4

4. Irak

7,2

6,7

7,1

8,1

9,1

1,0

11,0

6,8

5. Aljir

6,4

5,6

6,2

4,9

5,4

0,5

9,3

4,0

Angola

4,0

3,5

3,5

3,4

4,1

0,7

17,1

3,1

7. Qozog‘iston

6,2

5,5

5,4

5,0

3,8

-1,2

-31,6

2,8

8. Liviya

4,4

3,8

4,0

3,5

3,8

0,3

7,9

2,8

9. Saudovskaya Arabistoni

4,2

4,2

4,3

3,9

3,7

-0,2

-5,4

2,8

10.Venesuela

2,17

2,2

2,7

2,8

2,8

0,0

0,0

2,1

11.Meksika

2,1

2,7

3,6

3,0

2,5

-0,5

-20,0

1,9

12.Indoneziya

3,2

2,6

2,5

2,9

2,3

-0,6

-26,1

1,7

13.Xitoy

2,9

2,6

2,5

2,4

2,1

-0,3

-14,3

1,6

14.Kanada

1,7

2,0

1,9

1,8

2,1

0,3

14,3

1,6

15.AQSH

2,0

2,1

2,3

2,0

2,1

0,1

4,8

1,6

1 О‘zbekistan

2,9

2,1

2,1

1,7

1,9

0,2

10,5

1,4

17.Qatar

2,3

2,4

2,3

2,2

1,9

-0,3

-15,8

1,4

18. Oman

2,3

2,0

2,0

1,9

1,8

-0,1

-5,6

1,3

20.Malayziya

1,9

1,8

1,9

1,9

1,8

-0,1

-5,6

1,3

21. Yegipet

1,7

1,5

1,6

1,8

1,5

-0,3

-20,0

1,1

WWF tomonidan keltirilgan Rossiyada neftli yо‘ldosh gazni utilizatsiya tо‘g‘risidagi Jahon fondi ekologlarning yovvoyi tabiatni himoya qilish ma’lumotlarga muvofiq bugungi kunda neftli yо‘ldosh gazni yoqish bо‘yicha Rossiya davlati ilg‘orlikni oldi qatorida bormoqda. Rossiya davlati dunyodagi NYGni yoqishni 26% ni, Nigeriya esa Rossiyadan keyin bormoqda. Ekologlarning ma’lumotiga muvofiq dunyoda NYGni yoqish hajmi kamaygan (2006 yilda 162 mlrd. m3dan 2010 yil 134 mlrd. m3gacha). Bunda albatta Rossiya davlatining katta ulushi bor chunki, NYGni yoqish 14,8 mlrd.m3 ga kamaygan.


NYGni Yevropa va Markaziy Osiyodagi yoqilish darajasi har yili 60 mlrd. m3 ni tashkil etadi va bu kо‘rsatgich yiliga atmosferaga chiqariladigan 120 mln.tonna chiqindilarga ekvivalentdir [49]. Bugungi kunda Rosiyada maksimum NYG ning 95% -Tatneft va Surgutneftgaz tomonidan foydalanilmoqda. NYGdan foydalanishning eng past kо‘ratgichi - Gazpromneftda (55,2 %), Rosneftda (56,2 %) va Russneftda (70 %) ni tashkil qiladi [51].


4. Neftli yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish yо‘li orqali suyuq uglevodorodlarni ishlab chiqarish
Mash’alaga beriladigan yо‘ldosh gaz orqali qazib olinadigan mahsulotning asosiy qismi yoqiladi. Yо‘ldosh neft gazlarining tashkil etuvchilarini utilizatsiya qilish neft konlarini yuqori texnologiyada о‘zlashtirishga va uglevodorod xom ashyosini qayta ishlatishga qaytarishga yо‘naltirilgan.
Yо‘ldosh neft gazi (NYG) - gazsimon uglevodorodlarning har xil aralashmasidan iborat bо‘lib, neftda erigan holda bо‘ladi; ular qazib olish va haydash jarayonlarida (yо‘ldosh gazlar propan va butanning izomerlaridan tashkil topgan) ajralib chiqadi. Neft gazlariga neftni krekingidan chiqadigan gaz ham mansub bо‘lib, chegarada va chegaradan tashqaridagi (metan, etilen) uglevodorodlaridan tashkil topgan. Neft gazlaridan yoqilg‘i va har xil kimyoviy moddalarni olishda foydalaniladi. Neft gazlariga kimyoviy ishlov berish natijasida propilen, butilen, butadiyen hamda plastmassa va kauchuk ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Neft kо‘p bosqichli ajratish yо‘li orqali NYG olinadi. Ajratish bosqichlaridagi bosim katta qiymatga farq qiladi va birinchi bosqichda 16-30 barni va oxirgi bosqichda 1,5 - 4,0 barni tashkilqiladi.
2-jadval
NYGining tarkibi taqriban quyidagicha yaqin



Gaz komponentlari

Hajmiy ulushi,%

1

Metan ( )

81

2

Etan ( )

5

3

Propan ( )

6

4

i -butan (i – ( )

2,5

5

n - butan (n – )

1,5

6

Azot (N2)

1,0

7

Nordon gaz (CO2)

0,15

8

Boshqa turdagi gazlar

2,85

NYGni utilizatsiya qilishning asosiy yо‘llariga gazni qayta ishlash zavodlarida ishlash, elektr energiyasini generatsiya qilish, xususiy ehtiyojlarga yoqish, neft beraoluvchanlikni oshirish uchun (qatlam bosimini saqlab turish) qatlamga qaytadan haydash, quduqlarni gazlift usulida ishlatish uchun-qazib oluvchi quduqqa haydash kiradi.


Yо‘ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilishning asosiy muammolaridan biri og‘ir uglevodolrodlarning miqdorining kо‘pligidir. Og‘ir uglevodorodlarni chiqarib yuborish hisobiga NYGlarini sifatini oshirish uchun bir nechta texnologiyalardan foydalaniladi. Ulardan biri – NYGni tayyorlashda membranli qurilmalardan foydalanishdir. Membranli qurilma qо‘llanilganda gazning metanlar soni kо‘p miqdorga oshadi, past issiqlik yaratuvchanlik xususiyati, issiqlik samaradorligi va shudring nuqtasini harorati pasayadi. Membranli uglevodorod qurilmasi yordamida oltingugurtning va uglerod ikki oksidining konsentratsiyasi gazning oqimida pasaytiriladi.
Yо‘ldosh neft gazlarini utilizatsiya qilishning bir nechta foydali usullari mavjud, lekin amaliyotda faqat bir qanchasidan foydalaniladi.
NYG ni utilizatsiya qilishning asosiy usullariga uni komponentlarga ajratish va ularni eng katta qismini bensizlantirilgan (tabiiy gaz bо‘lib, asosan metan hisoblanadi va bir qancha miqdorda etandan tashkil topgan) gaz tashkil qiladi. Ikkinchi guruhdagi komponentlarni yengil uglevodorodlarning keng fraksiyasi (YEUKF) tashkil qiladi. YEUKFsiga ikki va undan kо‘p atomlardan tashkil topgan (C2 + fraksiyasi) uglevodorodlar kiradi. Mana shu aralashma neftkimyosining asosiy xom ashyosi hisoblanadi.


Download 236.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling