Yо‘ldosh neft gazlarni yoqishning muammolari reja: Yо‘ldosh neft gazini yoqish


Neftli yо‘ldosh gazning (NYG) utilizatsiya qilishning zamonaviy texnologiyasi


Download 236.02 Kb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi236.02 Kb.
#1507070
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
YО‘LDOSH NEFT GAZLARNI YOQISHNING MUAMMOLARI

3. Neftli yо‘ldosh gazning (NYG) utilizatsiya qilishning zamonaviy texnologiyasi
Toshkent shahrida Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarining “О‘zbekistonda yо‘ldosh gazni utilizatsiya qilishning tajribasi va neftgaz tarmog‘ida Toza rivojlanish mexanizmi loyihasini joriy etish” masalasi bо‘yicha «Uzbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi tomonidan anjuman tashkil etilgan bо‘lib, unda yо‘ldosh gazni yoqishni qisqartirish bо‘yicha О‘zbekistondagi Jahon banki bilan Global hamkorlik muammolari kо‘rib chiqildi. Anjumanda atmosferaga chiqariladigan gazni chiqindilarini imkoniyat darajasida kamaytirish usullari muhokama qilindi.
Anjumanda bugungi kunda iqlimning global о‘zgarishi katta muammolarni keltirib chiqarayotganligi belgilandi. Xalqora tashkilotlar tomonidan parnik gazlarini chiqindilarini kamaytirish yо‘llari tadqiqot qilish va iqtisodiy rivojlanishga о‘tish, uglevodorod tarkibli yonilg‘i turlaridan kam miqdorda foydalanishga qaramasdan kо‘pgina neft konlari orqali mlrd.m3 neftli gazlarni yoqilayotganligi ma’lum qilindi.
Har yili 170 – 180 mlrd. m3 gaz yoqilayotganligi, shu gazning hajmi Yevropa Ittifoqining uchdan bir qismini gaz bilan ta’minlashi mumkin ekanligiga baho berildi. Yoqish natijasida uglerod ikki oksidini chiqindilarining hajmini kamaytirish mumkin bо‘lganda, xuddi shunga teng ravishda yо‘llardagi 70 million avtomobillar qisqargan va atrof muhitga zarrali ta’sir etishlar ham katta kо‘rsatgichga kamaytirilgan bо‘lardi.
Taqriban baholashga muvofiq “О‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining “О‘zbekneftqazibchiqarish” kompaniyasiga qarashli konlarida 1,2 – 1,5 mlrd.m3 ga yaqin hajmdagi gaz yoqilmoqda.
Bugungi kunda “О‘zbekneftqazibchiqarish” kompaniyasi Buxoro – Xiva neftgazlilik regionidagi neft konlaridagi neftli yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish yо‘nalishi bо‘yicha aniq natijalarga erishgan: kompressor usulida Kо‘kdumaloq konidagi yо‘ldosh gazlarni utilizatsiya qilish amalga oshirilmoqda. Bir kunda gazni utilizatsiya qilish hajmi 11,5 mln.m3 ni tashkil qiladi. Shimoliy Shо‘rtan va Shakarbuloq konlaridagi ishlatish sxemalarini va jihozlarni texnologik tarkibini о‘zgartirish hisobiga 850 ming.m3 neftli gaz utilizatsiya qilinmoqda.
“О‘zbekneftgaz” Milliy xolding kopaniyasi 2015 yil oxirida neftli yо‘ldosh gazni utilizatsiya qilish kо‘rsatgichini 95% ga yetkazish mо‘ljallangan edi va bu loyiha uchun 150 mln. dollar ajratilgan. Bugungi kunda ushbu reja tо‘liq amalga oshirilgan. “Muborak gazni qayta ishlash zavodida ” hamda Qashqadaryo viloyatining past bosimli neft konlarining guruhlarida NYGni utilizatsiya qilish uchun quvvati 900 mln.m3 bо‘lgan ikkita SKS qurish amalga oshirilgan.
Loyihalarni moliyalashtirish uchun 150 mln. dollar mablag‘ «О‘zbekneftgaz» MXK tomonidan ajratilgan va shu jumladan Toza rivojlanish mexanizmi Kiot bayonnomasi ramkasidagi programmalar ham amalga oshirilgan [50].

Download 236.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling