Yo‘ldosheva


Download 1.16 Mb.
bet89/93
Sana22.11.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1794757
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93
Bog'liq
Ona-tili-oqitish-metodikasi

So‘zzzing ma'nosini)›oki ma'no girrasini fushunmaslik natijasida uni aniq ma'nosida ishlata olmaslik. Bunday xato bolaning nutqi yax- shi rivojlanmaganligi, so‘z boyligining kamligi sababli yrızaga keladi.

  • Shevaga xos so'zlarıIan %ydalanish. O‘quvchilar bunday so‘z- larni ota-onalarining nutqi va nutqiy sharoit ta’sirida qo‘llaydilar. Ularda adabiy tilda qo‘llanadigan tushunchalarni shakllantirish asosida shevaga xos so‘zlarni ishlatmaslik ko‘nikmasi hosil qilinadi.

    Leksik xatolar xilma-xil bo‘lgani uchun uni to‘g‘rilash va tıshınti- rish usullari ham turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning
    umumiy yo‘li bor: bu yaxshi nutqiy sharoit yaratish, o‘qilgan va qayta hikoya qilingan matnni til tomondan tahlil qilish, matndagi so‘zlarning ma'no qirrasini tııshuntirishdir.
    Morfologik-uslubiy xatolarga so‘z shaklini, so‘z o‘zgartuvchi va so‘z yasovchi qo‘shimchalarni noto‘g‘ri qo‘llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi.
    Sintaktik-uslubiy xatolarga so‘z birikmasi va gap tuzishga oid xato- lar kiradi. Bunday xatolar juda xilma-xildir.
    Kompozitsion, mantiqiy va dalillarni noto‘g‘ri bayon qilish nutqiy xato hisoblanmaydi.
    Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga mos kelmasligi, ya’ni voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchil- likning buzilishi kiradi.
    Inshoga tayyorgarlik vaqtida o‘quvchilar kuzatish, material to‘plash, dalillami tanlashda tartibsiz, rejasiz ish tutsalar, hikoyani qanday boshlash, keyin nimalar haqida yozish va uni qanday tugatishni aniq ko‘z oldilariga keltira olmaydilar, natijada kompozitsion xatoga yo‘I qo‘yadilar. Bunday xato hikoya mazmunini to‘liq qamrab ololmaslik, materialni o‘z o‘rniga joylashtira olmaslik natijasidir. Inshoni rejali, izchil yozish ko‘nikmasi murakkab ko‘nikma bo‘lib, u o‘quvchilarda muntazam bajariladigan mashqlar yordamida asta shakllana boradi.
    Mantiqiy xatolar:
    l. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo‘lgan so‘z, ba'zan zarur lavha, dalil tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tu- shunish uchun o‘quvchining insho yozish vaqtidagi nıhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, ammo ishga berilib ketib, tez fikrlaydi, ya’ni u hikoya mazmunini biladi, ammo tez fikrlash va sekin yozish natijasida ayrim o‘rinlar yozuvda aks etmay qoladi.
    2. Mantiqiy izchillik buziladi. Masalan, Zavoclrla paxtadan ip yigirilacli. Terimchi yaxtani paxta terish mashinasicla teracli. Bunday mantiqiy xatolarni o‘quvchilar matnni qayta o‘qish va tahlil qilish jarayonida oson to‘g‘ri1aydilar.

    Download 1.16 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   93




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling