Yo’lning optikaviy uzunligi


YORUG’LIKNING QAYTISHI. KO’ZGU


Download 0.99 Mb.
bet2/3
Sana05.01.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1079837
1   2   3
Bog'liq
Yozuv lotincha

YORUG’LIKNING QAYTISHI. KO’ZGU
Tajriba nazariyaning ko’rsatishisha, yorug’lik nuri shaffof muhitlarda yorug’likning vakuumdagi tezligidan kichik bo’lgan tezliklar bilan tarqakar ekan. Turli shaffof muhitlarda yorug’likning tarqalish tezligi turlicha bo’ladi. Barcha nuqtalarida yorug’likning tarqalish tezligi bir xil bo’lgan muhit optik bir jinsli muhit deb ataladi.

Yorug’lik bir jinsli muhitida to’g’ri chiziqli tarqaladi. Ikki xil muhit chegarasida nur o’zining yo’nalishini o’zgartirib, bir qismi birinchi muhitga qaytadi. Bu hodisa yorug’likning qaytishi deb ataladi. Yorug’likning qolgan qismi esa ikkinchi muhitga o’tib, uning ichida tarqalishni davom ettiradi.

Ikki muhit orasidagi chegaraning xossalari qanday bo’lishiga qarab, qaytishning xarakteri turlicha bo’lishi mumkin. Agar chegara notekislikning o’lchami yorug’lik to’lqinining uzunligidan kichik bo’lsa, sirt ko’zgusimon sirt deb ataladi. Ana shunday sirt (masalan silliq shisha sirti yahshilab jilolangan metal sirti va simob tomchisining sirti va boshqalar)ga ingichka parallel nurlar dastasi ko’rinishida qoladi. Yorug’likning bunday qaytishi tekis qaytish deyiladi. (47-rasm).Yorug’likni tekis qaytaruvchi sirt kuzgu deb ataladi.
Agar sirtdagi notekislarning o’lchami yorug’lik to’lqini uzunligidan katta bo’lsa, ingichka shu’la chegarada sochiladi. Yorug’lik nurlari qaytadan keyin turli yo’nalishlarda tarqaladi. Bunday qaytish tarqoq qaytish (yoki diffuz qaytish) deb ataladi.(48-rasm) O’zi yorug’lik tarqatmaydigan buyumlarni ulardan yorug’likning xuddi shu tarqoq qaytishi tufayligina ko’ramiz. Hatto juda silliq sirtdan ham yorug’lik juda oz darajada sochiladi. Aks holda biz bunday jismlarning sirtini ko’ra olmagan bo’lar edik.
Tushayotgan AC nur bilan MM4 sirtning nur tushayotgan C nuqtasida o’tkazilgan CN perpendikulyar (normal) orasidagi α burchakka yorug’likning tushish burchagi deyiladi. (49-rasm). Qaytgan CB nur bilan CN perpendikulyar orasidagi α burchak yorug’likning qaytish burchagi deyiladi. Singan CD nur bilan CN1 perpendikulyar orasidagi β burchak sinish burchagi deyiladi.
Y orug’likning qaytishi quyidagi qonunuga bo’ysunadi:1) tushuvch AC nur va ikki muhit chegarasida nurning tushish nuqtasidan chiqarilgan CN perpendikulyar qaysi tekislikda yotsa, qaytgan nur CB ham shu tekislikda yotadi 2) qaytish burchagi tushish burchagiga teng bo’ladi, yani: α=α1
Yorug’likning qaytish qonunini quyidagi tajriba asosida kuzatamiz. Darajalarga bo’lingan doiraviy disk markazida MM yassi ko’zguni shunday joylashtiramizki, unda ON normal, tushuvchi SO va qaytuvchi OS1 nurlarni kuzatishimiz mumkin bo’lsin (50-rasm). Bunda O nuqta nurning tushish nuqtasi bo’ladi. Yorug’lik manbayi S nuqtaga o’rnatilgan. Diskni aylantirib nurning tushish burchagini o’zgartirsak, uning qaytish burchagi ham o’zgaradi, Agarda manbani S1 nuqtaga o’rnatib, nurning tushish yo’nalishini o’zgartirsak, qaytgan nur nurning oldingi tushish OS yo’nalishida qaytganini ko’ramiz. Demak, tushuvchi va qaytuvchi nurlar o’zaro aylana olar ekan. Bunga yorug’lik nurining aylanuvchanligi deyiladi. Bundan tashqari yoqoridagi tajribadan tushivchi va qaytuvchi bir tekislikda yotishiga va nurning tushish burchagi qaytish burchagiga teng ekanligiga ham ishonch hosil qilish mumkin.
Amalda yassi va sferik ko’zgulardan keng foydalaniladi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling