Yo`lovchi transportlarining asosiy afzalliklari va kamchiliklari. Reja


Avtotransportlarning kamchiliklari


Download 21.27 Kb.
bet4/5
Sana25.10.2023
Hajmi21.27 Kb.
#1720514
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yo`lovchi transportlarining asosiy afzalliklari va kamchiliklari-fayllar.org

Avtotransportlarning kamchiliklari
Yirik shaharlarda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish jamoat transporti turlari (metro, tramvay, trolleybus va avtobus) ichida eng ko‘p tarqalgani avtobuslardir. Avtobuslar ko‘pchilik kichik va o‘rta shaharlarda yagona yo‘lovchilar tashuvchi transport turi hisoblanadi.
Yo‘lovchi transportlarining asosiy afzalliklari va kamchiliklari to‘g’risidagi ma’lumotlar 1 – jadvalda keltirilgan.
1 – jadval

Yo‘lovchi transportlarining asosiy afzalliklari va kamchiliklari




Transport turlari


Afzalliklari


Kamchiliklari

Avtobus

- manevrchanligining yaxshiligi;
- yangi yo‘nalishlarni tez ochish va borlarini o‘zgartira olish mumkinligi;
- turli miqdorli tashishlarni zudlik bilan tashkil etish mumkinligi;
- boshlang’ich kapital harajatlarning nisbatan kamligi.

- joriy-ekspluatatsion xarajatlarning kattaligi;


- ekspluatatsiya jarayonida avtomobillardan chiqadigan gazlarda zaharli moddalarning mavjudligi;
- konstruksiyaning murakkabligi sababli (ayniqsa dvigatelni) uning ishdagi ishonchliligining kamligi.

Yo‘nalishli taksi


- manevrchanligining yaxshiligi;


- yangi yo‘nalishlarni tez ochish va borlarini o‘zgartira olish mumkinligi;
- boshlang’ich kapital (katta) xarajatlarning nisbatan kamligi;
- aloqa tezligining yuqoriligi.

- avtomobillar ekspluatatsiyasi jarayonida ishlab chiqarilgan gazlardagi zaharli moddalarning mavjudligi;


- konstruksiyaning murakkabligi sababli uning ishdagi ishonchliligining kamligi;
- tarifning qimmatligi.

Yengil avtomobil


- manevrchanligining eng yuqoriligi;


- aloqa tezligining eng yuqoriligi

- avtomobillar ekspluatatsiyasi jarayonida ishlab chiqarilgan gazlardagi zaharli moddalarning mavjudligi;


- konstruksiyaning murakkabligi sababli (ayniqsa dvigatelni) uning ishdagi ishonchliligining kamligi;
- tarifning qimmatligi.

Trolleybus


- boshlang’ich kapital xarajatlarning nisbatan kamligi (ammo avtobusdan ko‘p);


- harkatning tinchligi;
- jadal tezlasha olishi;
- aloqa tezligining yuqoriligi.

- havodagi kontakt-sim qurilmalarining murakkabligi (ayniqsa kesishish joylari, strelkasi);


- manevrchanligining avtobusga nisbatan kamligi (kontakt-sim shahobchalari sababli).

Tramvay

- tashish qobiliyatining kattaligi;
- yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lganda joylarda tashish tannarxining arzonligi;
- boshqarishning soddaligi.

- manevrchanlikning kamligi;


- harakatdagi shovqinning ko‘pligi;
- boshlang’ich kapital xarajatlarning juda kattaligi.

Metro

- tashish qobiliyatining eng kattaligi;
- aloqa tezligining eng kattaligi;
- harakat muntazamligining yuqoriligi (to‘siqlar yo‘qligi);
- harakat xavfsizligining eng yuqoriligi.

- boshlang’ich kapital xarajatlarning juda kattaligi.


Texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga binoan yo‘lovchi transportlari har bir turining eng oqilona ishlatish joylari bor.



Juda katta hajmli yo‘lovchilar oqimiga, ayniqsa markaziy joylarda yer usti transporti ishini yengillashtirishda metroning xizmati beqiyosdir. Metroning bir yo‘nalishi soatiga 50-60 ming yo‘lovchilar oqimiga xizmat qila oladi.
Tramvay katta hajmli yo‘lovchilar oqimiga xizmat qiladi. Metro yo‘nalishining davomi sifatida shahar tumanlarini shahar atrofi bilan bog’lashda ko‘p hollarda tramvaylardan foydalaniladi. Bir tramvay yo‘li, undagi vagonlar soniga ko‘ra soatiga 15-18 ming yo‘lovchilar oqimi hajmiga ega yo‘nalishga xizmat qila oladi. Sutkasiga kamida 5 ming yo‘lovchilar oqimi bo‘lgandagina tramvay yo‘llarini qurish maqsadga muvofiqdir.
Trolleybus shaharning asosiy yonalishlarida tramvayni almashtirishda hamda yo‘lovchilar oqimi katta bo‘lgan hollarda shaharni uning atrofi bilan birlashtirishda qo‘llaniladi. Bir trolleybus yo‘li soatiga 5-9 ming yo‘lovchilar oqimiga xizmat qilishi mumkin. Trolleybus yo‘nalishini ochish uchun ayni yo‘nalishda sutkasiga kamida 2 ming yo‘lovchilar oqimi bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Avtobuslar shaharning markaziy hududlaridagi qisqa masofali qatnovlarda metro, tramvay va trolleybus yo‘nalishlariga parallel qo‘shimcha, ya’ni ular yo‘nalishlarini yanada to‘ldirish maqsadida ishlatiladi. Yo‘lovchilar transportining boshqa turlari bo‘lmagan yoki yo‘lovchilar oqimi kichik joylarda mustaqil ravishda avtobus yo‘nalishlari xizmati tashkil etiladi. Shahar bilan shahar atrofi yo‘lovchilar aloqalarini o‘rnatishda avtobus xizmatining alohida o‘rni bor. Bir avtobus yo‘nalishi soatiga 5-7 ming yo‘lovchilar oqimiga va paralel lentali harakatlarda esa 10 ming yo‘lovchilar oqimiga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ega [14].
Yirik shaharlardagi yo‘lovchilar tashuvchi barcha transport turlarining alohida shahobchalari o‘zaro bog’langan bo‘lib, ular yo‘lovchilar oqimi katta bo‘lgan joylarni to‘g’ridan-tog’ri bog’laydilar va shahar ichi transport shahobchalarini shahar atrofi aloqalari bilan birlashtirishga xizmat qiladilar.
Shahar aholisiga ish joylariga, yashash joylariga, dam olish va boshqa maishiy talablarini qondirish joylariga qisqa vaqtlarda yetib borishlari uchun transport vositalari talab etiladi.
Тashishga bo‘lgan talab shahar hududining o‘lchamiga, aholining moddiy ta’minlanganligi va madaniy darajasiga ko‘p jihatdan bog’liq.
Yo‘lovchilarni tashishga mo‘ljallangan transport vositalari quyidagi belgilarga qarab guruhlarga bo‘linadi:

Download 21.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling