Yo‘lovchilar tashish texnologiyasida logistik yondashuvning asosiy qoidalari Reja: kirish


Download 185.5 Kb.
bet4/7
Sana18.06.2023
Hajmi185.5 Kb.
#1586751
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
19 Yo‘lovchilar tashish texnologiyasida logistik yondashuvning asosiy qoidalari

Tramvay
Tashish qobiliyatining kattaligi
- Yoʻlovchilar oqimi koʻp boʻlganda joylarda tashish tannarxining arzonligi;
- Boshqarishni soddaligi;
- Manevrchanlikning kamligi;
- Harakatdagi shovqinni koʻpligi;
- Boshlangʻich kapital harajatlarning juda kattaligi.
Metro
Tashish qobiliyatining eng kattaligi;
- Aloqa tezligining eng kattaligi;
-Harakat muntazamligining yuqoriligi (toʻsiqlar yoʻqligi) harakatxavsizligining eng kattaligi;
- Boshlangʻich kapital xarajatlarning juda kattaligi.
Texnik-ekspluatatsion koʻrsatgichlariga binoan yoʻlovchilar transportning har bir turining eng oqilona ishlatish joylari bor. Juda katta quvvatli yoʻlovchilar oqimiga, ayniqsa markaziy joylarda yer usti transporti ishini yengillashtirishda metroning xizmati beqiyosdir; metroning bir yoʻnalishi soatiga 50-60 ming kishi tashish quvvatga ega boʻlgan yoʻlovchilar oqimiga xizmat qila oladi.Tramvay muhim ahamiyatli katta quvvatli yoʻlovchilar oqimiga xizmat qiladi; metro yoʻnalishining davomi sifati shahar tumanlarini shahar atrofi bilan bogʻlashda koʻpincha tramvaydan foydalaniladi; Bir tramvay yoʻli, undagi vagonlar soniga koʻra soatiga 15-18 ming yoʻlovchilar oqimi quvvatiga ega yoʻnalishga xizmat qila oladi. Sutkasiga kamida 5 ming yoʻlovchilar oqimi boʻlgandagina tramvay yoʻllarini qurishik maqsadga muvofiqdir. Trolleybus tramvayni shaharning asosiy yoʻnalishlarida almashtirishda hamda yoʻlovchilar oqimi kam boʻlmagan hollarda shaharni uning atrofi bilan birlashtirishda qoʻllaniladi; bir trolleybus yoʻli soatiga 5-9 ning yoʻlovchilar oqimiga xizmat etishi mumkin. Trolleybus yoʻnalishini ochishlik uchun ayni yoʻnalishda sutkasiga kamida 2 ming yoʻlovchilar oqimi boʻlishligi maqsadga muvofiq deb topilgan.
Avtobuslar shaharning markaziy hududlaridagi qisqa masofali qatnovlarda metro, tramvay va trolleybus yoʻnalishlariga paralel qoʻshimcha, ya‗ni ular marshrutlarini yanada toʻldirish maqsadida ishlatiladi. Yoʻlovchilar transportining boshqa turlari boʻlmagan yoki yoʻlovchilar oqimi kichik joylarda musaqil ravishda avtobus marshrutlari xizmati tashkil etiladi; shahar bilan shahar atrofi yoʻlovchilar aloqalarini oʻrnatishda avtobus xizmatining alohida oʻrni bor. Bir harakat yoʻnalishidagi bir avtobus yoʻli soatiga 5-7 ming yoʻlovchilar oqimiga va parallel lentali harakatlarda esa 10 ming yoʻlovchilar oqimiga xizmat etish qobiliyatiga ega.
Yoʻlovchilarni tashish quyidagi turlarga boʻlinadi:
a) shaharda tashish;
b) shahar atrofida tashish;
v) shaharlararo tashish;
g) xalqaro tashish.
Yoʻlovchilar:
a) yoʻnalishli avtobuslarda;
b) yuridik va jismoniy shaxslarga ularning buyurtmanomalari (buyurtmalari)ga yoki tashishning boshqa shartnomalari boʻyicha beriladigan avtobus va yengil avtomobillarda;
v) yoʻnalishsiz taksilarda;
g) yoʻnalishli taksilarda tashiladi.
Yoʻnalishli avtobuslar va yoʻnalish taksilari harakati:
a) shahardagi yoʻnalishlarda — shaharlarning hokimliklari yoki shaharlar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan shahar yoʻlovchilar tashish transportini boshqarish organlari tomonidan;
b) shaharlar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yoʻnalishlarda — viloyatlar hokimliklari yoki Qoraqalpogʻiston
Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladigan yoʻlovchilar tashish transporini boshqarish organlari tomonidan;
Yangi yoʻnalishlarni tashkil etish (ochish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
a) shaharlarda — shaharlar hokimliklari yoki shahar yoʻlovchilar tashish transportini boshqarish organlari tomonidan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan yoʻnalishlar sxemalarini kelishgan holda;
b) shahar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yoʻnalishlarda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki yoʻlovchilar tashish transportini boshqarish organlari tomonidan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining hududiy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmalari bilan yoʻnalishlar sxemalarini kelishgan holda;
v) viloyatlararo, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda —Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi bilan yoʻnalishlar sxemalarini kelishgan holda Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Shahar yoʻlovchilar tashish transporti oʻnalishlari quyidagi turlarga boʻlinadi:
a) shahardagi oddiy, tezkor, ekspress va tigʻiz paytlardagi qoʻshimcha yoʻnalishlar;
b) shahar chetidan koʻpi bilan 2 km chetga chiquvchi shaharda qatnovchi yoʻnalishlar;
v) yoʻnalishli taksilar.
Shahardagi yoʻnalishlar shahar (shaharcha)dagi turar joy va sanoat hududlarini madaniy-maishiy va sport-sogʻlomlashtirish tashkilotlari, vokzallar, aeroportlar, avtostansiyalar, metro stansiyalari, temir yoʻl platformalari, pristanlar va shu kabilar bilan transport aloqasini taminlashi kerak. Aholiga xizmat koʻrsatish xususiyatiga muvofiq shahardagi yoʻnalishlar bir nechta ish rejimiga ega boʻlishi mumkin:
a) sutka, hafta kunlari, oyning belgilangan davri mobaynida amal qiladigan doimiy yoʻnalishlar;
b) dam olish hududlari, sport-sogʻlomlashtirish komplekslari, yarmarkalar va shu kabilar faoliyat koʻrsatadigan davrda tashkil etiladigan mavsumiy yoʻnalishlar;
v) maxsus yoʻnalishlar;
g) koʻcha–yoʻl shohobchalarida favqulodda vaziyatlar paydo boʻlganda, ayrim uchastkalar, transport yoʻllari va maydonlar yopilganda joriy etiladigan vaqtinchalik yoʻnalishlar.


Download 185.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling