Yo‘lovchilar tashish texnologiyasida logistik yondashuvning asosiy qoidalari Reja: kirish
Download 185.5 Kb.
|
19 Yo‘lovchilar tashish texnologiyasida logistik yondashuvning asosiy qoidalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Yoʻlovchi transportida logistik texnologiyalar va logistik tizimlar strukturasi haqida Xulosa FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Yo‘lovchilar tashish texnologiyasida logistik yondashuvning asosiy qoidalari Reja: KIRISH 1.Yoʻlovchilarni tashish texnologiyasida logistik yondashuv va tashish tizimi 2.Shahar yoʻlovchi transportini ijtimoiy va mantiqiy tizimlari munosabati 3.Yoʻlovchi transportida logistik texnologiyalar va logistik tizimlar strukturasi haqida Xulosa FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-yanvardagi PQ-2724-son qarorini bajarish yuzasidan, yo‘lovchilar tashish xavfsizligini va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish madaniyatining zarur darajasini, yo‘lovchi tashish yo‘nalishlarida transport vositalari harakati maromini, belgilangan jadvallar va intervallarni, shuningdek tashuvchilarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi.Kelgusi 5 yil mobaynida Dasturni moliyalashtirishga 840 milliard so'mdan ziyod, asosan "O'zavtosanoat-lizing" va boshqa lizing kompaniyalarining mablag'lari, tijorat banklari kreditlari, xususiy investorlarning o'z mablag'lari, shuningdek, mahalliy byudjetlar mablag'lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag'lar yo'naltiriladi.Qarorda lizing kompaniyalari va tashuvchilarning o'zlari yangi sotib oladigan mikroavtobuslar uchun Respublika yo'l jamg'armasiga to'lanadigan yig'im to'lovidan ozod qilinishi nazarda tutilgan.Chetdan keltiriladigan va respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, avtobuslar va mikroavtobuslarning ishini onlayn rejimida (GPS) muntazam tarzda masofadan kuzatib borishni, shuningdek, yo'lkirani naqd pulsiz to'lash tizimini joriy etish uchun mo'ljallangan barcha materiallar, asbob-uskunalar, detallar bojxona to'lovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yig'imlaridan tashqari) ozod qilinishi ham nazarda tutilmoqda.Bundan tashqari, yuridik shaxslar shahar atrofidagi va viloyatlar ichidagi shaharlararo yo'nalishlarda (qishloq joylarda) avtobuslarda yo'lovchilar tashish hajmi bo'yicha yagona soliq to'lovidan ozod qilinmoqda.Qarorning amalga oshirilishi yo'lovchilar tashish xavfsizligini, yo'lovchilarga xizmat ko'rsatish madaniyati va sifatining yuqori darajasini, jamoat transporti yo'nalishlaridagi transport vositalari harakatining belgilangan jadvallari va oraliqlari maromiga rioya etilishini, avtotransportda yo'lovchilar tashish sohasida iste'molchilarning huquqlari samarali himoya qilinishini hamda tashuvchilarning moliyaviy barqarorligini ta'minlashga ko'maklashadi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar hayotga izchil joriy etila boshladi. Respublikaning bozor iqtisodiyotiga o‘tib borishi, xususiy mulkchilikni, avtomobil sanoatini vujudga kelishi, chet ellar bilan teng huquqli iqtisodiy aloqalaming yo‘lga qo‘yilishi transport sohasida yangj va dolzarb masalalarni yuzaga keltirdi.Bugungi kunda xo‘jalik yurituvchi subyektlaming har xilligi va teng huquqliligi, ular o‘rtasidagi raqobat, tadbirkorlik tashabuskorligi, o‘zini o‘zi boshqarish va moliyalashtirish kabi bozor tamoyillari, o‘z navbatida, tashishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqishni va hayotga joriy etish masalasini vujudga lceltirdi.Bunday texnologiyalar tashish jarayonini yaxlit holda, ya’ni «ishlab chiqaruvchi - tashib beruvchi - iste’molchi» .zanjirini bir butun holda ko‘rish, mahsulotlar (moddiy oqimlar, yo‘lovchilar) harakatini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Tashish jarayonlarini bunday tashkil etish va boshqarish bilan oxirgi-yillarda tez sur'atlar bilan rivojlanib borayotgan «Logistika» fani shug‘ullanadi.Logistika to‘liq holda iste’molchi uchun ishlaydi, chunki logistikaning asosiy maqsadi yuklar va yo‘lovchilami belgilangan muddatda, belgilangan hajmda, belgilangan joyga eng kam mehnat va moddiy resurslarni sarflagan holda yetkazib berish hamda har xil toifadagi yo‘lovchilarning tashishga bo‘lgan talabini to‘liq qondirishdan iborat.Jahon savdosining doimiy rivojlanishi transport bozorlarida, shu jumladan mamlakatimiz transport tizimida tub oʻzgarishlarni talab qiladi. Xalqaro standartlarga va eng yangi texnologiyalarga muvofiq transportni rivojlantirish ekspeditorlik xizmatlarini rivojlantirish sohasidagi mutaxassislarning qiziqishini kuchaytirdi. Raqobatning kuchayishi va kuchayishi hozirgi vaqtda xizmat koʻrsatish darajasiga eng katta e‘tibor berilishiga olib keldi. Bu beri muhim ahamiyat kasb etadi zamonaviy bozordagi hozirgi murakkab sharoitda mavjud mijozlarni saqlab qolish va yangilarini jalb qilish uchun kompaniyalar mijozlarning talablarini bajarishga va xizmatlarni tobora yuqori darajada taqdim etishga majbur. Zamonaviy adabiyotlarda mavjud iqtisodiy sharoitlar bilan bogʻliq holda, sifat muammolariga tobora koproq e‘tibor berilmoqda. Koʻplab xorijiy va mahalliy mualliflar oʻzlarining oʻqishlarida yuklarni yetkazib berish tezligi va sifati masalalariga doimo muhim oʻrin ajratib kelganlar, ayniqsa, A.Feygenbaum, E. Deming, K. Ishikava, S. Siro, J. Xarrington kabi klassiklarning asarlarini alohida ta‘kidlash mumkin. Aynan ularning tadqiqotlari va rivojlanishi, shuningdek universal boshqaruv falsafasini yaratishda amaliy qoʻllanilishi bugungi kunda rivojlangan koʻplab davlatlarga (AQSH, Yaponiya va boshqalar) jahon iqtisodiyotining etakchisi boʻlishga yordam berdi. Ammo transport kompaniyalarining samaradorligini oshirish, xizmat koʻrsatish sifatini va koʻrsatilayotgan xizmatlarning murakkabligini oshirishning amaliy va nazariy muammolari hali koʻrib chiqilmagan. Transport kompaniyalari faoliyatida tezlik va sifatni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilinishi ishlab chiqaruvchidan yakuniy foydalanuvchiga mahsulotni taqsimlash jarayonini optimallashtiradi. Bu ushbu qoʻllanmaning dolzarbligini belgilaydi, uning maqsadi yuklarni yetkazib berish jarayonini boshqarish va tashkil etishga yangi yondashuvlarni shakllantirishdan iborat. Download 185.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling