Yo`nalishi bo`yicha dars o`tish


Download 1.62 Mb.
bet3/5
Sana20.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1628472
1   2   3   4   5
Bog'liq
Hamidjonova 4 2hisobot yakuni

PISA, TIMSS va PIRLS xalqaro baholash dasturlariga tayyorgarlik ko`rish.
Mazkur halqaro baholash dasturlari Respublikamiz ta’lim tizimini mazmunan yangilash, innovatsion ta’lim muhitini yaratish, ta’lim sifatini orttirishni talab etadi va quyidagi vazifalarni amalga oshirish zaruratini keltirib chiqaradi Xalqaro baholash dasturlari PIRLS TIMSS va PISA talablari asosida o‘qish, o‘zbek tili va adabiyoti, matematika va tabiiy o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv va nostandart adaptive topshiriqlarini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil ish daftarlarini bosma shaklda va modulli o‘qitish tizimiga asoslangan elektron variantini tayyorlash axborot texnologiyalari vositasida baholash mexanizmini ishlab chiqish. Bu yangi dasturlardan maqsadimiz o‘quvchilarimizda XXI asr ko’nikmalarini shakllantirish, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun mustahkam zamin yaratish.
38-umumiy o`rta ta`lim maktabida xalqaro baholash dasturiga tayyorlarlik ko`rish va bunda nimalarga ahamiyat berish kerakligi tushuntirildi. Bu dasturda o`quvchilar o`zlari olgan nazariy bilimlarini amaliy qo`llay olishliklari tekshiriladi. Bu dasturda testlar boshqalardan farqli o`loroq mantiqiy fikrlashga oid test savollari taqdim etiladi. Baholashda esa savollarning qiyinlik darajasiga ahamiyat beriladi va shunga mos holda baholar qo`yiladi.
Amur Temur tavalludiga bag`ishlangan tadbirlarni o`tkazish.
Biz malakaviy amaliyot davomida buyuk sarkarda bobomiz Amir Temur tavalludining 687 yilligi munonosabati bilan 7-sinflar o`rtasida “Bilimlar bellashuvini” tashkillashtirdik. Bellashuvda uchta 7-sinf o`quvchilari ishtirok etishdi. Musobaqa beshta shartdan iborat bo`lib:1-shart tezkor savo-javob, 2-shart domino o`yini, 3-shart yozuvsiz kartaga joy nomlari belgilash, 4-shart qo`l mehnatlari bilan yasalgan ko`rgazmali qurollar, 5-shart Janubiy Amerika tabiiy kartasini chizish bo`ldi. Hay’at a`zolari amaliyot raxbarimiz, o`qituvchilar g`olib jamoani aniqlashdi. Musobaqada 7b-sinf o’quvchilari birinchi o`rinni, 7d-sinf o`quvchilari ikkinchi o`rinni, 7a-uchinchi o`rinni olishdi.

8-rasm. Amir Temur tavalludiga bag’ishlangan bellashuvdan lavha.

9- rasm. Amir Temur tavalludiga bag’ishlangan bellashuvdan lavha.



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling