Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
Bachadon nayi
Bachadon nayi tuxumdonga etilgan tuxum hujayralarni 89 bachadonga o`tkazish vazifasini bajaradi. Bachadon nayining tashqi seroz pardasi qorin parda to`qimasidan hosil bo`ladi. Bu parda ostiga uzunasiga yunalgan va halqasimon mushaklar joylashgan, ichki shilliq qavat bo`lib, kiprikli epiteliy hujayralari bilan qoplangan va burmalar hosil bo`ladi. Bachadon Bachadon homila taraqqiy etadigan mushakli a`zodir. Bu a`zo siydik qopchasi bilan to`g`ri ichak orasida joylashgan. Bachadon 5 qismdan: tubi, tanasi, bo`yin qismi, bachadon shoxi, bachadon chetidan iborat. Bachadon bo`shlig`i ichki anatomik teshik vositasida bachadonning qismiga davom etadi. Bachadon bo`yni qinga teshik holida ochiladi. Uning ichki yuzasida burmalar, bezlar bo`ladi. Bachadonning tashqi tarafini yog` moddali klechatka o`rab turadi. Uning devori 3 qavatdan iborat. 1) Tashqi tarafdan seroz qorin parda bilan qoplangan. 2) O`rta qavat - silliq mushak qavat. 3) Ichki - shilliq qavat Qorin parda bachadonni o`rab, ikki yon tarafga yo`nalishidan bachadonning keng boylami hosil bo`ladi. Bachadonning bo`yin sohasida ko`ndalang boylam bo`ladi. Qin Qin bachadon bo`yni bilan tashqi tanosil a`zolari oralig`ida joylashgan. Uzunligi 8 sm gacha bo`lgan qin devorining ichki shilliq qavatida juda ko`p ko`ndalang burmalar ko`rinadi. O`rta qavatda ko`ndalang va uzunasiga yo`nalgan mushak mavjud. Mushaklarni tashqi tomondan fibroz parda o`raydi. Qizlarda qinning tashqi teshigi halqa shaklida shilliq qizliq parda bilan bekilib turadi. Pardaning o`rtasida kichkina teshik bo`ladi. Ayollarning tashqi tanosil a`zolari katta va kichik uyatli lablar hamda ular orasida joylashgan klitorlardan iborat. Katta uyatli lablar - tanosil yorig`ining ikki yonboshida teri burmasidan iborat bo`lib, ichida biriktiruvchi yog` to`qima ko`p. Lablar oldingi va orqa tomonda o`zaro qo`shma hosil qilib birlashadi. Qov bilan katta uyatli lablar terisining oldingi yarmi (13-15 yoshdan boshlab) tuk bilan qoplangan bo`ladi. Katta uyatli lablar terisi ichkarisiga qarab yo`nalgan sari yupqalashib, shilliq pardaga o`tib 90 ketadi. Kichik uyatli lablar katta uyatli lablar ostida sagittal bo`lib joylashgan teri burmasidan iborat. Kichik uyatli lablarning ichki yuzalari shilliq pardadan tuzilgan bo`lib, bir-biriga tegib turadi, tashqi yuzalari esa teridan tuzilgan bo`lsa ham, birmuncha qizg`ish ko`ringani uchun shilliq pardaga o`xshab ketadi. Katta va kichik uyatli lablar oralig`ida klitor (shahvoniy do`ng) joylashgan. Klitor tuzilishi va shakli jihatidan erlik olatini eslatadi. Lekin klitorni faqat ikkita g`ovak tana tashkil etadi. Klitor sezuvchi nerv oxirlariga boy. Undan pastrokda siydik chiqarish nayining tashqi teshigi va undan xam pastroqda qin teshigi joylashgan. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling