Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Prostata bezi
Urug` pufakchalar.
Urug` pufakchalari - siydik qopchasining tubi bilan to`g`ri ichak orasida joylashadi. Pufakchalar ekstretor bez bo`lib, erkak urug`ining suyuq qismini ishlab chiqaradi. Pufakning suyuqlikni o`tkazuvchi nayi urug` olib keluvchi nayga ochiladi. Bu 2 naydan urug` o`tuvchi nay hosil bo`lib, u siydik chiqaruv yo`lining boshlanish qismiga ochiladi. Urug` pufak 3 qismdan iborat: 1) biriktiruvchi to`qima 2) mushak to`qima 3) shilliq qavat Yorg`oq Moyakning taraqqiyoti qorin bo`shlig`ida boshlanadi va tug`ilish oldidan, chov kanali orqali tushib,yorg`oq ichida paydo bo`ladi. Yorg`oq devorlari: teri, go`shtdor qavat, tashqi fassiya, moyak ko`taruvchi mushak, ko`taruvchi mushak fassiyasi, ichki fassiya, moyak xususiy pardasidan iborat. Go`shtdor qavat har moyakda alohida bo`ladi. U qorin old devorining teri osti biriktiruvchi to`qimalardan hosil bo`lib, unda silliq mushak tolalari mavjud. Prostata bezi Prostata bezi - erkaklar siydik chiqarish nayining boshlang`ich qismida joylashadi. Bez sifatida erkaklar urug`ining suyuq qismini hosil qilishda qatnashadi. Prostata bezi endokrin bez sifatida garmon chiqarib, qon tarkibiga o`tkazadi. Bezning bir qismi silliq mushakdan iborat. Prostata bezi chanoq diafragmasiga tegishli fassiyasi bilan o`ralgan. Uning ostida biriktiruvchi to`qima va silliq mushakdan iborat. Prostataning asosiy qismi bezsimon hujayralardan va silliq mushakdan iborat. 88 Erlik olati Erlik olati yorg`oq bilan birgalikda erkaklarning tashqi jinsiy a`zolarini hosil etadi. Uning ildizi qov suyagiga birikadi va oldingi sohada erkin holda boshchasi bilan yakunlanadi. Boshcha va ildiz orasida olat tanasi joylashadi. Boshchaning o`rtasida siydik chiqaruv kanalining teshigi joylashadi. Boshcha yuzalari bo`rtib chiqqan, tashqi yuzasini teri o`rab olgan va yugancha vositasida g`ovak tana bilan birlashadi. Teri ichki yuzasida bezlar joylashadi. Olat boshchasi - boshcha toji, bo`yin, boshcha to`sig`idan iborat. Erlik olatini hosil qilishda 3 ta g`ovak tana ishtirok etadi: juft holdagi, toq va o`rta g`ovak tana. G`ovak tanalar silliq mushak va elastik fibroz tolalaridan vujudga kelib endoteliy hujayralari bilan to`lib turadi. Uchta g`ovak tana umumiy fassiya bilan o`ralgan. G`ovak tanalar ichidagi bo`shliqlar qon bilan to`lishi natijasida erlik olatining hajmi o`zgaradi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling