Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
Bronxlar.
Bronxlar, kekirdakning 4-5-ko`krak umurtqalari ro`parasida o`ng va chap bronxlarga bo`linishi boshlanadi. Ung bronx chap 83 bronxga nisbatan kalta va kengroq bo`lib, 6-ta tog`ay halqadan tuzilgan. CHap bronx tor va uzunroqdir. U 9-12 ta tog`ay halqadan tuzilgan. Bronxlar shilliq qavati traxeya shilliq qavatiga o`xshab tuzilgan. Asosiy bronxlar o`pka darvozasiga kirib, maydaroq bronxlarga bo`linadi. O`pka O`pka ko`krak qafasida joylashadi: o`ng va chap qismlarga bo`linadi. O`ng o`pka hajmi katta bo`ladi. Har bir o`pka; uchi va asos qismlarga bo`linadi. O`pkaning pastki yuzasi diafragmaga, tashqi yuzasi qovurg`alarga qaragan va ichki yuzasi bo`ladi. O`pkaning ichki yuzasida uning darvozasi bo`lib, asosiy bronx, o`pka arteriyasi, nerv, venasi va limfasi bilan to`lib turadi. O`ng o`pka 3 ta bo`lakdan, chap o`pka 2 bo`lakdan iborat. O`pkalarning bo`laklari o`z navbatida kichik bo`laklarga bo`linib, bu bo`lakchalar biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan devorcha va qon tomir bilan ajralib turadi. Asosiy bronxlar o`ng va chap o`pkalar darvozasidan kirib, daraxt shoxi kabi o`pka bo`laklari tarmoqlariga bo`linadi. O`ng o`pkaga kirgan bronx uch bo`lakka, chap o`pka bronxi ikki bo`lakka tarmoqlanadi. Bo`lak bronxlar ikkala o`pkada taxminan 1000 taga yaqin bo`linadi. Bronxlar daraxti nafas yo`li hisoblanib, bronxlar oxirgi qismlarida tog`ay plastinkalar va shilliq bezlar uchramaydi. Har bir bronx ikkita bronxiolaga bo`linadi, bronxiola torayib nafas naychasiga, u esa kengayib nafas pufakchasi alveolaga aylanadi. O`pkalarda 300-500 mln alveola bo`ladi, uning sathi 30-100 m 2 . Alveolalar devori bir qavatli yapaloq epiteliydan tuzilgan bo`lib, juda ko`p kapillyar qon tomirlar bilan o`ralgan. Ana shu qon tomirlar bilan alveola o`rtasida osmotik bosimga asoslanib gazlar almashinuvi bo`ladi. Plevra Plevra o`pkani qoplagan seroz parda. Plevra ikki qavatli bo`ladi. Uning ustidan o`rab turgan varag`i, ichki yoki o`pka varag`i, ko`krak bo`shlig`i devorining ichki tomoniga yopishgan varag`i parietal varaq deyiladi. Visseral plevra o`pka to`qimasiga yopishib, uning bo`laklari oralig`iga yorib kiradi. U o`pka darvozasiga kelganda o`zaro uchrashadi, qo`sh qavatli boylamni hosil qiladi. Parietal plevra qovurg`a , diafragma, ko`ks oralig`i qismlariga ajraladi. Parietal va 84 vistseral pardalar o`rtasida bo`shliq bo`lib, bu bo`shlikda ma`lum miqdorda suyuqlik bo`ladi. U plevra suyuqligi deyiladi va u nafas olishga yordam beradi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling