Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

Hiqildoq 
Hiqildoq  nafas  yo`lining  ikkinchi  qismi  bo`lib,  o`zidan  havo 
o`tkazishdan  tashqari  tozalash,  ilitish,  muhofaza  qilish,  ovoz  paydo 
qilish funktsiyalarini bajaradi. 
Hiqildoq orqa tomondan halqum bilan birlashgan. CHunki nafas 
sistemasi  birlamchi  ichak  nayining  old  tomonidan  rivojlanganligi 
sababli  hazm  a`zolari  sistemasi  bilan  nafas  a`zolari  o`zaro  yutqin  va 
hiqildoqlar orqali qo`shiladi. Bundan tashqari hiqildoqning old va ikki 
yon  tomoniga      qalqonsimon      bez      joylashgan.  Hiqildoq      juft      va   
toq tog`aylardan iborat. 
Hiqildoq  ko`ndalang  targ`il  mushaklardan  tuzilgan,  ular  odam 
ixtiyori  bilan  qisqaradi.  Hiqildoq  mushaklari  vazifasiga  ko`ra  3 
guruhga bo`linadi: qisuvchi, bo`shashtiruvchi, tovush boylami holatini 
o`zgartiruvchi. 
Hiqildokning  shilliq  pardasi  pushti  rangli,  ko`p  qatorli  kiprikli 
qadahsimon hujayralar aralashgan epiteliydan iborat. 
CHaqaloqlarda  hiqildoq  kalta  va  keng  qalqonsimon  tog`ay 
burchagi  unchalik  rivojlanmagan  bo`ladi.  Bolalarda  hiqildoq  usti 
tog`ayi  yuqoriroqqa  joylashganligidan  ovqat  luqmasi  uning  ikki 
yonboshidan  o`tadi.  Tovush  yorig`i  kattalarga  nisbatan  bolalarda  3 
marta kalta bo`lib, mushaklari rivojlanmagan. 
Balog`at  yoshidan  boshlab  23-25  yoshgacha  hiqildoq  tez 
rivojlanadi.  Hiqildoq  o`g`il  bolalarda  qizlarga  nisbatan  tezroq 
kattalashadi.  YOsh  ulg`aygan  sari  hiqildoq  tog`ayi  asta-sekin 
suyaklanib boradi. 
Traxeya 
Traxeya uzunligi 9-11 sm, diametri 15-18 mm keladigan naydan 
iborat  bo`lib,  4-bo`yin  umurtqasining  ro`parasidan  boshlanadi,  u 
bo`yin  va  ko`krak  qismlaridan  iborat.  U  16-20  ta  halqa  shaklidagi 
tog`aylardan  tuzilgan,  o`zaro  fibroz  to`qimalardan  iborat  boylamlar 
bilan  tutashgan  .  Tog`ay  yarim  halqa  devorining  ochiq  qismi  muskul 
tolalari aralashgan parda bilan o`ralgan. Muskul tolalari yo`tal paytida 
va  nafas  olganda  qisqarib  yordam  beradi.  Traxeya  ichki  yuzasi  ko`p 
qatorli  kiprikli  epiteliy  bilan  qoplangan  va  shilliq  bezlarga  boy  qavat 
bilan o`ralgan. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling