Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
Me`da osti bezi.
U me`daning orqa sohasida 1-2 bel umurtqalari qarshisida ko`ndalang joylashgan. Uning og`irligi 70-90 gramm bo`lib, uch qism: bosh, tana, dumdan iborat. U qorin pardadan tashqarida joylashgan. Me`da osti bezi murakkab tuzilgan, chiqaruv nayi ko`p tarmoqlangan bezlarga kiradi. Bez shirasi ishqoriy xususiyatga ega bo`lib, oqsil, yog` uglevodlarni parchalaydi. Me`da osti bezining tana va dum qismidagi maxsus hujayralar insulin ishlab chiqaradi. Insulin qondagi qand miqdorini bir me`yorda saqlaydi. Jigar. Jigar qorin bo`shlig`ining yuqori qismida joylashib, tepa qismi diafragmaga tegib turadi. Uning asosiy kismi o`ng tomonga joylashgan. Diafragmaga qaragan tomonidan o`roqsimon o`simta jigarni ikki qismga : o`ng (katta), chap (kichik) bulakka bo`ladi. Jigar eng katta hazm bezi bo`lib, massasi 1500 gramm. Uni o`rab turgan fibroz parda qon tomirlar bilan birga jigarning ichkarisiga kiradi va uni juda 81 ko`p bo`lakchalarga ajratadi. Har bir bo`lakchalar ichida vena shoxchalari, arteriya shoxchalari nerv tolalari, mayda limfa naychalari joylashgan. Jigar umumiy o`t yo`li, o`t pufagi naychasi bilan qo`shilib, o`n ikki barmoq ichakning pastki yo`naluvchi qismiga quyiladigan umumiy o`t yo`lini hosil qiladi. Jigar organizmda muhim vazifani bajaradi. 1. Organizmdagi zaharli moddalarni zararsizlantiradi. 2. Ut suyuqligi ishlab chiqaradi. 3. Embrional davrda qon elementlarini ishlaydi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling