Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

 
Ingichka ichak 
Ingichka  ichak  qorin  bo`shlig`iga  me`daning  chiqish  qismidan 
boshlanadi, uzunligi 5-6 m gacha bo`ladi. Ingichka ichak uch qismdan 
iborat. 
                     1.O`n  ikki  barmoq  ichak  --  ingichka  ichakning 
boshlang`ich 
qismi 
bo`lib, 
uzunligi 25-30 sm. 
 
   2.Och  ichak  -  12  barmoqli  ichakning  davomi  bulib,  ingichka 
ichakning 5/3 qismini tashkil qiladi. 
   3.YOnbosh  ichak  -  ingichka  ichakning  5/2  qismini  tashkil 
qiladi. 
Ingichka ichak devori quyidagi pardalardan tuzilgan.: 
1. SHilliq  parda  --  ichakning  eng  ichkarisida  joylashgan  bo`lib, 
shilliq  osti    qavati    tufayli    harakatchan    bo`ladi,      ko`ndalang  
burmalar    hosil  qiladi.  SHilliq  parda  yuzasida      4  mln.ga  yaqin 
vorosinkalar  mavjud.  SHilliq  pardasida  ichak  shirasini  chiqaruvchi 
hujayralar  joylashgan.  Bundan  tashqari  limfa  tugunlari  bo`ladi. 
SHilliq osti qavati mushak pardani   shilliq   qavati   bilan   biriktirib   
turadi   u   biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan. 


 
80 
2. Mushak  parda  silliq  muskul  hujayralaridan  tashkil  topgan 
tolalardan  tuzilgan  bo`lib,  tashqi  qavati  uzunasiga,  ichki  qavati  esa 
aylanasiga ketgan tolalardan iborat. 
3.Seroz  parda      -  qorin  pardasining  bir  qismi  bo`lib,  ichaklarni 
tashqi tomondan o`raydi. 
 
Yo`g`on ichak 
Yo`g`on ichak ingichka ichakdan keyin boshlanib, orqa chiqarish 
teshigi bilan tugaydi. Uning uzunligi 1,5-2 m bo`lsa, diametri oldingi 
ichakdan  ikki  baravar  katta.  Yo`g`on  ichak  -  ko`richak,  ko`tariluvchi 
chambar ichak, ko`ndalang chambar ichak, tushuvchi chambar ichak, 
S  simon  ichakdan  iborat.  Yo`g`on  ichak  shilliq  pardasida  vorsinkalar 
bo`lmaydi.  Undagi  bezlar  ko`p  shilliq  ishlab  chiqaradi.  Unda  limfa 
tugunlari yakka-yakka joylashgan. 
Mushak  parda  tashqi  uzunasiga,  ichki  aylanasiga  yo`nalgan. 
Uzunasiga yo`nalgan muskul tolalari bir tekis joylashmasdan, tasmalar 
hosil  qiladi.  Bu  tasmalar  orasida  turtib  chiqqan  pufakchalarni  ko`rish 
mumkin. 
Seroz  parda  yo`g`on  ichak  devorining  hamma  qismini  bir  xilda 
o`ramaydi. Ichak orqa devori biriktiruvchi to`qima bilan o`ralgan. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling