NAFAS A`ZOLARI TIZIMI
Odam hamma tirik organizmlar singari havo tarkibidan nafas
a`zolari yordamida kislorod qabul qilib, nafas orqali karbonat angidrid
chiqaradi.
Odamning nafas a`zolariga: burun bo`shlig`i, hiqildoq, traxeya,
bronx va o`pka kiradi. Bular o`pka alveolariga kislorod etkazib
beruvchi yo`l hisoblanadi.
Burun bo`shlig`i
Burun bo`shlig`i nafas yo`lining boshlanish qismi bo`lib, oldinda
tashqi burundan noksimon teshik orqali havo kirib, orqa tomonda
joylashgan xoana orqali burun-hiqildoq yo`liga o`tadi.
Burun bo`shlig`i qon tomir va bezlarga boy bo`lgan shilliq qavat
bilan qoplangan. SHilliq qavatida kiprikli epiteliy joylashgan. SHilliq
qavat ostida ayniqsa vena chigallari yaxshi rivojlangan. Burun
bo`shlig`ining yuqori qismidagi shilliq qavatda hidlash nervi uchlari
joylashgan. Odatda burun bo`shlig`ining o`rta va pastki qismiga nafas
olish bo`lagi deyiladi. Burun bo`shlig`i yon devoridagi chig`anoqlar
va uning atrofida joylashgan kovaklar burun bo`shlig`i yuzasini
oshirib, nafas olganda burunga kirgan havoning tozalanishini,
namlanishini va ilishini ta`minlaydi. Burunga kirish qismi - noksimon
teshik oldindan burun suyaklari va tog`oylari bilan chegaralanib,
burunning old devorini hosil qiladi. Burunning qanot tog`aylari
uchburchak shaklli, bir juft bo`lib, yonbosh qismida burun qanotlarini
pastga, burun qirrasini hosil qiladi. Tog`aydan tuzilgan o`rta devor
burun teshigini ikkiga ajratadi.
82
Do'stlaringiz bilan baham: |