79
Me`da
Me`da hazm kanalining eng kengaygan qismi bo`lib, qorin
bo`shlig`ining yuqori sohasida joylashgan. Uning ko`p qismi chap
tomondagi qovurg`a osti sohasida, oz qismi esa qorin bo`shlig`i tepa
bo`lagining o`rta qismida joylashgan.
Me`da noksimon yoki retorta kolbasimon shaklga ega. O`rta
yoshdagilarda uning hajmi 1-3 litr bo`ladi. Me`da kirish va chikish
yqismlaridan iborat. Me`da 3 kavatdan iborat: shilliq parda, mushak
parda, seroz parda.
1.SHilliq parda — uning ostida ko`plab bezlar bo`lib, ovqatni
kislotali muxitga o`tkazadi.
2.Mushak parda - baquvvat bo`lib, uch yo`nalishda joylashgan.
Uning tashqi qismi qiyshiq mushaklardan tuzilgan.
3.Seroz parda - ichki a`zolarni o`raydigan qism bo`lib, me`dani
hamma tomondan o`rab turadi. Seroz pardani me`daning mushak
pardasiga seroz parda osti qavati qo`shib turadi.
Me`da past bo`ylilarda hayvon shoxiga o`xshash shaklda
bo`lsa, o`rta bo`ylilarda ilmoqqa o`xshash bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: