Yo’nalishi talabalari uchun


Ovqat hazm qilish a`zolarining taraqqiyoti


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

Ovqat hazm qilish a`zolarining taraqqiyoti 
Hazm  a`zolari  tizimining  ko`pchilik  a`zolari  ichki  embrional 
parda  –  entodermadan  taraqqiy  qiladi.  Og`iz  bo`shlig`i  va  to`g`ri 


 
76 
ichakning  ostki  qismlari  esa  tashqi  embrional  parda  -  ektodermadan 
taraqqiy qiladi. 
Ichak  nayi  devorining  mushak  va  seroz  qavatlari  mezenxima 
to`qimasidan rivojlanadi. 
 
Og`iz bo`shlig`i 
Hazm    a`zolari    sistemasining  boshlang`ich  qismi,    ovqat      1-  
marta  shu  bo`shliqqa  qabul  qilinib,  tishlar  vositasida  maydalanadi  va 
so`lak  yordamida  namlanib,  kimyoviy  parchalanish  boshlanib, 
me`daga o`tkazish uchun tayyorlanadi. 
Og`iz bo`shlig`i; og`iz dahlizi va xususiy og`iz dahlizidan iborat. 
Og`iz  dahlizi  old  tomondan  yuqori  va  pastki  lablar,  yon 
tomondan lunjlar, orqa tomondan  yuqori va pastki jag` tishlar hamda 
milklar bilan chegaralangan. 
                     Lablar - tashqi tomondan teri, ichki tomondan shilliq parda bilan 
qoplanib, uning  asosini aylanma mimika mushagi tashkil qiladi. 
Xususiy og`iz bo`shligi berk turganda ikki yon va old tomondan 
tishlar chegaralaydi. YUqori devorini qattiq va yumshoq tanglay hosil 
qiladi  hamda  burun  bo`shlig`ini  og`iz  bo`shlig`idan  ajratib  turadi. 
Og`iz bo`shlig`ini shilliq pardasida mayda bezlar joylashgan. 
Og`iz  bo`shlig`idan  halqumga  o`tish  joyiga  tomoq  bo`lib, 
yuqoridan  yumshoq  tanglay  chodiri,  ikki  yon  tomondan  tanglay 
ravoqlari,  pastdan  tilning  orqa  yuzasi  va  til  ildizi  bilan  chegaralanib 
turadi. 
Tishlar 
Tishlar  ovqatni  tishlab  uzib  olish,  maydalash,  so`zlarni  to`g`ri 
talaffuz etishda faol ishtirok etadi. Tishlar og`iz dahlizi bilan xususiy 
og`iz bo`shlig`ini orasiga chegara bo`lib joylashgan. SHilliq pardaning 
suyaklardan 
so`rg`ichlari 
hisoblangan 
tishlar 
epiteliy 
va 
mezenximadan  rivojlanadi  va  jag`  suyaklarining  maxsus  tish 
katakchalariga mix kabi joylashadi. 
Odamlarda  tishlar  ikki  marta  almashinadi.  Bolalarda  sut  tishlar 
6-7  oylikdan  boshlab  3  yoshgacha  chiqishi  davom  etadi.  Ular  20  ta 
bo`lib, 6-7 yoshdan boshlab, doimiy tishlar bilan almashina boshlaydi. 
Har  bir  tish  uch  qismdan  iborat:  toj  qismi  (karona  dentis),  tish  ildizi, 
tish  bo`yinchasi.  Tishlar  kimyoviy  tarkibiga  ko`ra  suyakka  yaqin, 
lekin juda zich joylashgan. Tish toji dentin moddadan tuzilgan bo`lib, 
ustini emal  o`rab turadi. emalning ust tomoni juda yupqa, shoxsimon 


 
77 
kutikula pardasi bilan qoplangan. 
 
 
    2.0.1.2  2.1.0.2 
          
 3.2.1.2 
2.1.2.3 
 
             2.0.1.2 
2.1.0.2 
        3.2.1.2 
2.1.2.3 
 
               Sut tishlar 
     Doimiy tishlar 
               formulasi 
  formulasi 
 
Tish bo`yinchasi va ildizi tsement moddadan tuzilgan. 
Doimiy tishlar 32 ta bo`lib, 4 xilda nomlanadi: 
          1.Kurak  tishlar  -  har  bir  jag`da,  ovqatni  kesib  olishda 
mo`ljallangan. 
Ular ildizi 1 ta toj qismi keng yassi. 
           2.Qoziq tishlar - har jag`da 2 tadan, bir ildizli bo`lib, ular ovqatni 
uzib olish uchun xizmat qiladi. 
           3.Kichik oziq tishlar - har jag`da 4 tadan bo`lib, qoziq tishlardan 
keyin joylashgan. Ular ildizi ayrisimon bo`ladi. 
     4.Katta  oziq  tishlar  -  har  jag`da  oltitadan  bo`lib  joylashadi. 
Birinchisi  katta,  uchinchisi  eng  kichik  bo`lib,  oxirgi  o`rinda  chiqadi 
shu  sababli  aql  tish  deyiladi.  Aql  tish  umuman  chiqmasligi  ham 
mumkin. Ularni 3 ta ildizi bo`ladi.     

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling