Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qizilo`ngach.
Til Til mushaklardan tuzilgan bo`lib, og`iz bo`shlig`ida joylashgan. Til faqat hazm a`zolariga mansub bo`lmasdan, so`zlashishda, talaffuzda faol katnashadi. Til uch qismdan iborat: til uchi, til tanasi, til ildizi. Til ustki yuzasida to`rt xil so`rg`ich mavjud: 1 .Ipsimon so`rg`ich; 2.Zamburuqsimon so`rg`ich; 3.Halqa bilan o`ralgan so`rg`ich 4.Bargsimon so`rg`ich Til mushaklari xususiy va skelet mushaklaridan iborat. Uch juft skelet mushaklari mavjud. 1. Engak - til osti mushagi. 78 2. Til osti - til mushagi . 3. Bigiz til mushagi. Til xususiy mushaklari tolalardan iborat bo`lib, bu tolalar o`zaro tutashib, chirmashib ketgan. Buning natijasida til turli tomonga burilib, o`z shaklini o`zgartirish xususiyatiga ega. Og`iz bo`shlig`ining shilliq qavatida turli hajmda juda ko`p so`lak bezlari joylashgan. Ular til, lab, lunj va tanglay nomi bilan ataladi. SHuningdek, katta hajmdagi 3 juft so`lak bezlari og`iz bo`shlig`i atrofida joylashgan. 1. Quloq oldi bezi. 2. Jag` osti bezi. 3. Til osti bezi. Halqum Halqum voronkaga o`xshash, pastga tomon torayib tuzilgan. U kalla suyagining tubidan boshlanib, og`iz va burun bo`shliqlariga keng ochilib turadi. Halqumni umurtqa pog`onasi va undagi muskullar chegaralaydi, old tomonda hiqildoq joylashib, halqumga tutashib turadi. Halqum bo`shlig`i: burun, og`iz, hiqildoq qismlaridan iborat. Halqum devori 3 qavat bo`lib ; ichki shilliq parda, muskul parda, biriktiruvchi to`qima pardadan iborat. SHilliq parda - ko`p qavatli yassi epiteliy, kiprikli epiteliy va shilliq parda osti bezlaridan iborat. Muskul parda ko`ndalang targ`il muskullardan tuzilgan. Ular cherepitsaga o`xshab ustma-ust joylashadi. Biriktiruvchi to`qima muskul qavatlarini tashqi tomondan o`rab turadi. Qizilo`ngach. 25-30 sm uzunlikdagi mushakdan tuzilgan bo`lib, 6-bo`yin umurtqa qarshisidan boshlanib, 11 - ko`krak umurtqasi ro`parasida me`daning kirish qismiga ulanadi. Qizilo`ngach joylashishiga qarab; bo`yin, ko`krak, qorin qismidan iborat. Qizilo`ngach devori uch pardadan iborat: biriktiruvchi to`qima parda, muskul parda, shilliq parda. Uning muskuli uzunasiga va aylanma tutamlardan iborat. Qizilo`ngachning yuqori 3/1 qismi ko`ndalang targ`il muskuldan, pastki 3/2 qismi silliq mushakdan tuzilgan. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling