Yo’nalishi talabalari uchun
SUYAKLARNING ONTOGENEZI VA FILOGENEZI
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
SUYAKLARNING ONTOGENEZI VA FILOGENEZI
Past tabaqali hayvonlar skeleti biriktiruvchi to`qimadan, yuqoriroq tabaqali hayvonlar skeleti esa tog`ay moddalardan tuzilgan bo`ladi. Umurtqali hayvonlar skeleti esa suyak moddalaridan tashkil topgan. Filogenezdagi takomillashuv holati, ontogenezda qaytariladi. Ontogenez holatida skelet suyaklari 3 xil holatni o`taydi: 1) biriktiruvchi to`qima holati; 2) tog`ay holati; 3)suyaklanish holati. Skeletni tashkil etgan suyaklarning ko`pchiligi ko`rsatilgan 3 holatni o`taydi. Lekin ba'zi suyaklar (kalla gumbazini tashkil etuvchi suyaklar, yuz suyaklari va o`mrov suyagining bir qismi) tog`ay holatini o`tmasdan, biriktiruvchi to`qima holatidan suyak holatiga o`tadi va bunday suyaklarni — birlamchi Suyaklar deyiladi. Ikkilamchi suyaklar esa taraqqiyotda uch holatni (biriktiruvchi to`qima, tog`ay va suyaklanish) o`taydi. Embrion taraqqiyotining boshlang`ich davrida skelet biriktiruvchi to`qimadan iborat bo`ladi. Taraqqiyotining keyingi bosqichida biriktiruvchi to`qima tog`ay moddasi bilan almashinadi. Embrion taraqqiyotining 2-oyidan boshlab suyaklanish nuqtalari paydo bo`ladi. Bu suyaklanish nuqtalari suyaklarning tana qismida (diafiz sohasida), hamda suyak tanasining uchlarida (metafiz sohasida) 39 hosil bo’ladi. Bunday suyaklanish nuqtalarini birlamchi suyaklanish nuqtalari deyiladi. Embrion taraqqiyotining oxirgi oylarida yoki homila tug`ilganidan so`nggi birinchi yillarda ikkilamchi suyaklanish nuqtalari suyaklarning bo`g`im uchlarida (epifiz qismida) hosil bo’ladi. Oxirgi hosil bo`ladigan suyaklanish nuqtalari suyak o`simtalarida (apofiz qismida) joylashadi. Suyaklarning diafiz qismi suyaklanganidan so`ng, ularning epifiz qismlari ham suyaklanadi. Suyaklarning diafiz va epifiz sohalari orasida tog`ay moddasi o`sish davrida saqlanib qoladi. Bu tog`ayli soha hisobiga suyaklar uzunasiga o`sadi. Suyaklarning o`sishi tugagach tog`ay halqa ham suyaklanib ketadi va aksincha diafiz hamda epifizlar orasida tog`ay yo`qolmasa suyak o`sishdan to`xtamagan hisoblanadi. Suyaklarning qalinlashuvi esa suyak ust pardasi hisobiga bo`ladi. Suyaklarning shakli, qalinligi va uzunligi ular atrofidagi mushaklarga bog’liq bo`ladi. Atrofidagi mushaklar kuchli va katta bo`lib, suyaklarga og`irlik hamda ta'sir kuchi ko`proq tushsa — suyaklar ham uzunroq va qalinroq bo`ladi. Aksincha nozik mushaklar joylashgan sohadagi suyaklar ham kichikroq bo’ladi. Suyaklar o`sishdan to`xtagan holatda ham, ular ichida doimiy yangilanish davom etadi. Shu sababli suyaklarning yangj sharoitga moslashuvi katta yoshda ham davom etadi. Odam kasbining o`zgarishi, jismoniy ta'sir (og`ir atletika bilan shug`ullanish) etish jarayonida suyaklarning strukturasi ham o`zgarib boradi. Har bir suyakning hosil bo`lishida mezenximadan hosil bo`ladigan biriktiruvchi to`qima hujayrasi osteoblastlar faol ishtirok etadi. Suyaklanish jarayoni bir necha turda o`tishi mumkin. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling