Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
TANA SKELETI Tana skeleti umurtqa pog`onasi hamda ko`krak qafasi suyaklaridan tashkil topadi. Tana skeleti suyaklari o`rta embrional parda — mezodermadan taraqqiy etadi. Mezoderma uch qismga, ajraladi — dermatom (teri osti qavati taraqqiy etadi), miotom (mushaklar taraqqiy etadi), sklerotom (suyaklar taraqqiy etadi). Mezodermaning ichki oldingi tarafida joylashgan sklerotom segmentlardan (bo`laklardan) tuzilgan bo`lib, umurtqalar taraqqiyotini taminlaydi. Boshlang`ich paytidagi biriktiruvchi to`qima tog`aylar bilan almashinib, ularda suyaklanish nuqtalari hosil bo`ladi. Har bir umurtqaning hosil bo`lishida ikki tarafdagi sklerotomning o`rta qismlari ishtirok etadi. Suyaklanish jarayonida, umurtqa tanalari orasidagi tog`ay moddalar saqlanib qoladi. Umurtqalar tuzilishi filogenetik taraqqiyot bosqichlarida o`zgarib boradi. Suvda yashovchilarda (baliqlarda), har bir umurtqalarining tana va dum qismlari tafovut etiladi. Quruqlikda yashashga o`tilishi bilan (amfibiyalarda) avvalo bo`yin qismidagi qovurg`alar yo`qolib, bo`yin umurtqalarida qovurg`a qoldiqlari ko`ndalang o`simtalar bilan birlashib ketadi. Qovurg`alarning faqat ko`krak sohasida saqlanib qolinishiga ko`krak qafasidagi a'zolarning (o`pkalarning) taraqqiy etishi ta'sir ko`rsatadi. Qo`lning hosil bo`lishi esa, to`sh suyagi, yelka kamari suyaklarini hosil bo`lishini ta'minladi. Oyoqning takomil etishi, chanoq suyaklarining hosil bo`lishi dumg`aza umurtqalarining qo`shilib ketishini taqozo etadi. Umurtqa turlarining miqdori turlicha bo’ladi. Bo`yin umurtqalarining miqdori quruqlikda yashovchilarda 7 ta bo`lib, bu miqdor bo`yin uzunligiga bog`liq emas. Kalta bo`yinli kalamushlarda ham, uzun bo`yinli jiraflarda ham bo`yin umurtqalarining soni yettita 43 bo’ladi. Ko`krak umurqalarining miqdori esa saqlanib qolgan qovurg`alar miqdoriga bog`liq bo`lib, 9 tadan 24 tagacha bo`lishi mumkin. Bel umurtqalarining miqdori ham har xil hayvonlarda 2 tadan 9 tagacha bo`ladi. Odamlarda bo`yin umurtqalari 7 ta, ko`krak umurtqalari 12 ta, bel umurtqalari 5 ta, o`zaro qo`shilib dumg`aza suyagini hosil etuvchi umurtqalar 5 ta, rudement holatida saqlanib qolgan dum umurtqalari 1 tadan 4 tagacha bo`ladi. Ba'zi hollarda 13 ta qovurg`a bo`lishi mumkin. Bunday hollarda ko`krak umurtqalarining soni 13 ta bo`ladi. Bel umurtqasi XIII ko`krak umurtqasiga aylanadi. Ba'zan esa qovurg`alar soni 11 ta bo`lishi mumkin. Bu holda 12-ko`krak umurtqasining tuzulishi bel umurtqasini eslatib, bel umurtqalarining soni 6 ta bo ladi. Ba'zan 5- bel umurtqasi, dumg`aza umurtqalari bilan qo`shilib suyaklanib ketadi. Bunday holda bel umurtqalari 4 ta, dumg`aza suyagi esa 6 ta umurtqalarning qo`shilishidan hosil bo’ladi. Aksincha ba'zan 1 dumg`aza umurtqasining tuzilishi bel umurtqasini eslatadi. Natijada bel umurtqasi soni 6 ta, dumg`aza umurtqasi esa 4 ta bo`lishi mumkin. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling