KO’KRAK QAFASI
Ko`krak qafasi ko`krak umurtqalaridan, qovur-g`alardan to`sh
suyagidan ulardagi bo`g`imlar, boylamlar va mushaklardan hosil
bo`ladi.
Ko`krak umurtqalari ichki yuza tarafga egilgan bo’lib, uning
ichki chetida, qovurg`alarga o`tish sohasida, o`pkalarning orqa yuzasi
kirib turadigan egat bo’ladi. Ko`krak qafasining kengligi oldingi-orqa
ko`rsatkichlardan katta bo’ladi. Uning ichida ichki a'zolar (yurak,
o`pka, qizilo`ngach va h. k) joylashadi va uning shakli shu a'zolar
tuzilishiga ta'sir qiladi. Ko`krak qafasi mushaklari va o`pkasi yaxshi
taraqqiy etgan , odamlarning ko`krak qafasi kesilgan konus shaklida
bo`lib, ko`krak qafasi kengroq bo’ladi. Bunday ko`krak qafasi o`pkani
havoga to’lgan holatini eslatganligi uchun inspiratorli ko`krak qafasi
deb ataladi. Aksincha ko`krak qafasi mushaklari va o`pka zaifroq
taraqqiy etgan bo’lsa, ko`krak qafasi tor va uzun bo`lib, oldingi orqa
ko`rsatgichlari kichikroq bo`ladi. Bunday ko`krak qafasi o`pkadan
nafas chiqargan holatni eslatib, eksperator holatdagi yoki yassi
ko`krak qafasi deyiladi.
Ko`krak qafasining uchinchi turi silindrsimon deb atalib avvalgi
ikki ko`krak qafaslarining oraliq shakliga ega bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |