Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
Qovurg`alar
Qovurg`alar 12 juft bo`lib, 3 guruhga bo`linadi: birinchi yetti jufti uchun qovurg’a oldingi uchi bilan to`sh suyagiga birikadi; VIII, IX, X qovurg`alar soxta qovurg`alar deb atalib, ularning oldingi uchlari tog`aylar vositasida o`zidan yuqorigi qovurg`alarga birikadi; XI va XII qovurg`alar — yetim qovurg`alar deb atalib, oldingi uchlari erkin holda qorin mushaklarining ichida joylashadi. Qovurg`alarning hammasi orqa tarafda, ko`krak umurtqalariga birikadi. Qovurg’aning oldingi uchi tog`ay moddasi orqa qismi esa suyak qismidan iborat bo`ladi. Ularning orasida esa tanasi jovlashadi. Orqa uchida boshcha , bo`yin qismi va bo`g`im yuzalari bo`ladi. II dan X gacha qovurg`alarning bo`g`im yuzalari qirra vositasida ikkiga 49 ajralgan bo`ladi. Chunki bu qovurg`alarning bo`g`im yuzalari ikki qo`shni ko`krak umurtqalari bilan birikadi. I, XI, XII qovurg`alarning har biri bittadan umurtqa bilan birlashganligidan, bo`g`im yuzalarida qirra bo`lmaydi. Qovurg`aning bo`yin qismini uning tanasiga o`tish sohasida yuqorigi 10 ta qovurg`ada bo`rtiq bo`ladi. Bu bo`rtiqning bo`g`im yuzasi umurtqalarning ko`ndalang o`simtalari bilan birikadi. Qovurg`a tanasida burchak sohasi tashqi va ichki yuzalari bo`ladi. I qovurg`ada burchak sohasi bo`rtiqqa to`g`ri kelsa, qolgan qovurg`alarda bu soha bo`rtiqdan uzoqlashadi. XII qovurg`ada esa burchak bo`lmaydi. I qovurg`a tanasida esa yuqori va ostki yuzalar bo`ladi. Qovurg`alar ichki yuzalarining ostki qirrasi sohasida qon tomirlar va nervlar joylashadigan egat , I qovurg`aning ustki yuzasida narvonsimon mushaklar birikadigan bo`rtiq bo`ladi. Bu bo`rtiqning tashqi sohasida o`mrov osti arteriyasining egati bo`rtiqning ichki sohasida o`mrov osti venasining egati bo`ladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling