Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
Dum umurtqalari
Dum umurtqalari 3 tadan 6 tagacha bo`lib, katta yoshdagi odamlarda o`zaro qo`shilib, dum suyagini hosil qiladi. Birinchi dum umurtqasi sohasida ko`ndalang o`simtalar saqlanib qoladi. Qolgan sohalarda ko`ndalang va bo`g`im o`simtalari uchramaydi. Umurtqa pog`onasi sohasida egriliklar mavjud. Ko`krak va dumg`aza umurtqalari sohasidagi egriliklar orqa tarafga qaragan bo’lib kifoz deb ataladi. Bo`yin va bel sohalaridagi egriliklar old tarafga yo`nalib lordoz deb ataladi. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda bu egriliklar bo`lmaydi va umurtqa pog`onasi to`g`ri chiziq bo`ylab o`zaro qo`shilib turadi. Bola boshini tik ushlay boshlagan davridan bo`yin lardozi, tik turib va yura boshlagan davridan bel lardozi hosil bo`ladi. Umurtqa pog`onasidagi egriliklar yurish, sakrash jarayonidagi yengil harakatlarni ta'minlaydi. Ba'zi paytlarda yon tarafga ham egriliklar hosil bo’lishi mumkin va bunday holatga skalioz deb ataladi. Bu holat uzoq muddat o`tirib qolish, bolalarning bir tomonga qiyshayib yozishi yoki biror ishni bajarishi natijasida paydo bo’lishi mumkin (bunga maktab yoshidagilarning skaliozi deb ataladi). Ko`pincha skalioz holati o`ng tarafga, ba'zan chap tarafga yo`nalgan bo’ladi. 48 Keksalarda lordoz va kifoz holatlari yo`qoladi, chunki bu davrda umurtqalar tanasi orasidagi elastik halqalar yupqalashib, umurtqa pog`onasi qisqaradi hamda u oldinga bukiladi va ko`krak sohasida orqa tarafga yo`nalgan bukilma (keksalardagi bukirlik holati) hosil bo’ladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling