Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
OYOQ SKELETI Chanoq suyagi Chanoq suyagi, himoya va tayanch vazifasini bajaradigan yassi suyaklar guruhiga kirib uch qismdan tashkil topgan: yonbosh suyagi, qov suyagi, o`tirg`ich suyagi. 16 yoshgacha bu suyaklar alohida bo’lib, o`zaro tog`aylar vositasida birikadi. Suyaklarning qo`shilish sohasi, son suyagining boshchasi kirib turadigan sirka kosachasiga to`g`ri keladi. Bu hosilaning tubida chuqurcha, yarimoysimon yuza va yuza sohasida o`yma ko`rinadi. Yonbosh suyagida tana qismidan tashqari, uning serbar qanot qismi bo’ladi. Qanotning yuqori qismi qirrni hosil qiladi. Bu qirraga qorinning serbar mushaklari birikadi. Yonbosh suyagining qirrasi oldingi tarafda oldingi yuqorigi o`simta va oldingi ostki o`simta bilan tugaydi. Yonbosh suyagining orqa sohasi esa orqaning yuqorigi o`simtasi va orqaning ostki o`simtasi bilan yakunlanadi. Yonbosh suyagining tashqi yuzasida chanoqning dumba mushaklari birikishidan hosil bo’lgan dumba yuzasi bo’lib, bu yuzada chiziqlar va hosil bo’ladi. Yonbosh suyagining ichki yuzasida, quloqsimon yuza sohasidan qov suyagi tomonga yo`nalgan, katta va kichik chanoqlarning chegarasi bo’lib hisoblangan hosila bo’ladi. Chanoq suyagining oldingi qismida joylashgan qov suyagi tana qismidan tashqari yuqori shox va pastki shox qismlaridan tashkil topgan. Ikki tarafdagi qov suyaklarining o`zaro birikish yuzalari va chetidagi deyiladi. Qov suyagining yuqori qismida bo`rtiq , qirra, yonbosh suyagi bilan birikish sohasida esa tepalik bo`ladi. O`tirg`ich suyagi tana qismidan tashqari yuqori shoxi pastki shoxi qismlaridan iborat. Bu shoxlarning o`zaro qo`shilish sohasida bo`rtiq hosil bo`ladi. O`tirg`ich suyagining yuqori shoxi o`tirg`ich suyagining o`simtasi bilan tugaydi. Bu o`simtadan yuqorida katta o`tirg`ich o`ymasi o`simtaning ostida esa kichik o`tirg`ich o`ymasi joylashadi. Sirka 54 kosachasining ostida o`tirg`ich suyagi bilan qov suyagining orasida yopqich teshi-gi hosil bo`ladi. Qov suyagi sohasida yopqich qirra oldingi bo`rtiq va ba'zi xollarda orqa bo`rtiq bo`ladi. Chanoq suyagining ichki yuzasida, yopqich teshigining yuqori qismida egat joylashadi. O`tirg`ich va qov suyaklarining o`zaro qo`shilish sohasidagi shoxi deyiladi. Chaqaloqlarda va o`sish davrida chanoqdagi uchchala suyak alohida bo`lib, tog`ay vositasida o`zaro qo`shilib turadi. 8 yoshda qov va o`tirg`ich suyaklarining shoxlari o`zaro suyaklanadi. 14-16 yoshlarda esa sirka kosachasi sohasida uchchala suyak tanasi qo`shilib, yakka chanoq suyagini tashkil etadi. Ikki chanoq suyagining dumg`aza suyagi bilan va o`zaro birikishidan chanoq uning bo`shlig`i hosil bo`ladi. Bu bo`shliq yuqorida joylashgan katta chanoq bo`shlig`idan va pastki sohadagi kichik chanoq bo`shlig`idan tashkil topadi. Kichik va katta chanoqlar orasidagi chegarani chizig`i tashkil etadi. Bu chegara quyidagi hosilalardan tashkil topadi: 1) V bel umurtqasi va dumg`aza suyaklari orasidagi bo`rtiq 2) yonbosh suyagidagi chizig`i; 3) qov suyagi qirrasi va shu suyaklar qo`shilishidan hosil bo`lgan simfizisning yuqori yuzasidan hosil bo`ladi. Bu sohada qov yoyi va uning ostidagi burchak joylashadi. Chegara sohasida hosil bo`lgan kichik chanoqqa kirish teshigi deyiladi. Kichik chanoq bo`shlig`ining ostki qismida pastki chanoq teshigi hosil bo`ladi. Chanoq o`lchovlari amaliyotda katta ahamiyatga ega. Uning ichki o`lchovlarini o`lchash murakkab bo`lganligidan, chanoqning tashqi o`lchovlari o`tkaziladi (o`lchanadi). I. Ikki tarafdagi yonbosh suyak qirralari orasidagi masofa — 28- 29 sm. II.Yonbosh suyaklarning oldingi yuqorigi o`siqlari orasidagi masofa 25-27 sm. III. Son suyaklarining katta ko`st o`simtalari orasidagi masofa — 30-32 sm. IV. Chanoqning tashqi to`g`ri o`lchovi bo`lib, qov suyaklari orasidagi simfizni hosil etuvchi tog`ay bilan dumg`azaning orqa chuqurchasi (dumg`aza suyagining ustki qirrasi bilan V bel umurtqasining qirrali o`simtasining orasida) orasidagi o`lchov 20 sm. V.Haqiqiy (ichki) to`g`ri o`lchovni aniqlash uchun: tashqi to`g`ri o`lchovdan suyak va to`qima qalinligiga to`g`ri keladigan 8-9 sm ni chiqarib tashlash kerak. 11 sm ga teng bo`lib, qov suyaklari orasidagi simfiz tog`ayi bilan, dumg`aza suyagining uchidagi dum umurtqalari 55 orasidagi masofani tashkil qiladi. VI.Kichik chanoq bo`shlig`iga kirish teshigining ko`ndalang o`lchovini (14-15 sm ga teng) aniqlash uchun o`lchovini ikkiga bo`lish yoki 14-15 sm ni chiqarib tashlash kerak. VII. Kichik chanoq bo`shlig`ining chiqish teshigining ko`ndalang o`lchovini aniqlash uchun ikki o`tirgich suyaklari dumboqlarining ichki yuzasi orasidagi masofa (9,5 sm) o`lchanadi. Bu o`lchovga to`qima qalinligi (1-1,5 sm) qo`shilsa kichik chanoqdan chiqish teshigining ko`ndalang o`lchovi (11 sm) hosil bo`ladi. VIII. Kichik chanoq bo`shlig`idan chiqish teshigining to`g`ri oichovi dum suyagi bilan qov suyaklar orasidagi simfiz tog`ayning pastki yuzasi orasidagi masofadan (12-12,5 sm) to`qimaga to`g`ri kelgan 1,5sm ni chiqarib tashlash bilan aniqlanadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling