Yo’nalishi talabalari uchun


Tizza   qopqog’i   suyagi


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

Tizza   qopqog’i   suyagi  
Tizza  qopqog`i  suyagi  sonning  to`rt  boshli  mushagi  payining 
ichida joylashgan sesamasimon suyak turkumiga kiradi. Bu suyakning 
yuqori qismida asosipastki qismida esa uchi orqa sohasida bo`g`im 
yuzasi  bo`ladi. 
 Boldir   suyaklari 
Boldir  sohasida  ikkita  suyak  joylashadi.  Ichki  tarafda  katta 
boldir suyagi, tashqi tarafda kichik boldir suyagi . 
 Katta   boldir  suyagi  
Katta boldir suyagining yuqori uchida ichki do`ngsimon o`simta  
tashqi  do`ngsimon  o`simta    bo`ladi.  Bu  o`simtalarning  ustki  bo`g`im 
yuzasida  ichki  bo`rtiq  va  tashqi  bo`rtiq    bo`ladi.  Katta  boldir 
suyagining  yuqori  uchining,  tanasiga  o`tish  sohasining  oldingi 
yuzasida mushak paylarining birikishidan bo`rtiq  hosil bo`ladi. Katta 
boldir  suyagining  tanasida  oldingi  qirra,  ichki  qirra    va  kichik  boldir 
suyagiga qaragan qirra —  bo`ladi. Bu qirralar orasida esa ichki yuza
tashqi  yuza    orqa  yuza    hosil  bo`ladi.  Katta  boldir  suyagining  pastki 
uchida  ichki  to`piq,  tashqi  yuzasida  esa  kichik  boldir  suyagi  bilan 
birlashadigan  o`yma  hosil  bo`ladi.  Katta  boldir  suyagining  ostki 
yuzasida  oshiq  suyagi  bilan  bo`g`im  hosil  etadigan  yuza    bo`ladi. 
Katta  boldir  suyagi  proksimal  uchida  suyaklanish  nuqtasi  tug`ilish 
davriga  to`g`ri  keladi.  Distal  epifiz  sohasida  suyaklanish  nuqtasi  2 
yoshda hosil bo`lib, suyaklanib ketishi 16-19 yoshlarda yakunlanadi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling