Kichik boldir suyagi Kichik boldir suyagi naysimon shakldagi suyaklar guruhiga
kirib, yuqori uchida boshcha , boshchaning uchi katta boldir suyagi
bilan bo`g`im hosil etuvchi yuza uning boshchasi va tanasi orasida
bo`yin qismi bo`ladi.
Kichik boldir suyagining tanasida oldingi qirra, orqa qirra, katta
boldir suyagi tomonidagi suyaklararo qirra va bu qirralar orasida
ichki yuza tashqi yuza hamda orqa yuza bo`ladi. Kichik boldir
suyagining pastki uchida lateral to`piq, katta boldir suyagi bilan
bo`g`im hosil estuvchi yuza bo`ladi. Lateral to`piqda chuqurcha va
egat ko`rinadi.
57
Kichik boldir suyagining proksimal epifiz sohasida suyaklanish
nuqtasi 3-5 yoshda hosil bo`ladi. Distal epifiz sohasida suyaklanish
nuqtasi 2 yoshda paydo bo`lib, suyaklanib ketishi 20-22 yoshlarda
yakunlanadi.