Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

SKELET MUSHAKLARI 
 
Mushaklar  –  mushak  tolalaridan  hosil bulgan  va asosiy  vazifasi 
qisqarish  bo`lgan  anatomik  hosilalar.  Mushak  to`qimasi  katta 


 
64 
yoshdagi  odamlar  og`irligining  28-48%  ni,  ayollarda  28-32%  ni, 
keksalarda  30%  gacha,  chaqaloqlarda  20-22%  ni,  sportchilarda  esa 
50% dan ko`prog`ini tashkil qiladi. 
Mushak  tolalari  tuzilishiga  ko`ra  silliq  va  ko`ndalang  targ`il 
mushaklarga  bo`linadi.  Ko`ndalang  targ`il  mushaklar  esa  yurak 
mushaklari  va  skelet  mushaklari  guruhidan  hosil  bo`ladi.  Silliq 
mushaklar 
qon-tomir 
devorlariga, 
ichki 
a’zolar 
devorida 
(traxeya,bronx,  o`pka,oshqozon  ichaklarda,ayirish  yo`llarida,  jinsiy 
a’zolarda)  uchraydi.  Ko`ndalang  targ`il  mushaklarda:  skelet 
mushaklari,ko`zni  harakatga  keltiradigan  mushaklar,yumshoq  tanglay 
mushaklari,  halqum,  hiqildoq,  qizilo`ngachning  yuqori  qismi  to`g`ri 
ichakning  tashqi  qismi  mushaklariga  kiradi.  Alohida  tuzilishga  ega 
bo`lgan  mushak  guruhini  yurakning  ko`ndalang  targ`il  mushaklari 
hosil qiladi. 
 Mushaklar  biriktiruvchi  to`qima  bilan  o`ralgan  mushak 
tolalaridan  hosil  bo`ladi.  Mushak  tolalarini  qalinligini  o`zgarishi, 
mushaklar  hajmining  o`zgarishiga  ta’sir  qiladi.  Yangi  tug`ilgan 
chaqaloqlarda skelet mushak tolalarining qalinligi 7-8 mkm, 2 yoshga 
10-14  mkm,  4  yoshga  14-20  mkm,  katta  odamda  38-80  mkm, 
sportchilarda  100  mkm  bo`ladi.  Barcha  mushaklar  tashqi  tomondan 
fassiya pardasi bilan o`ralgan. 
 Fassiyalar  mushaklarni  ajratib  turadi,mushak  qisqarishida  yon 
tarafdagi bosimni oshiradi. Fassiya pardasi har bir mushakdan tashqari 
mushaklar  guruhini  ham  o`rab  turadi.  Ular  har  bir  mushakni  alohida 
qisqarishini  ta’minlaydi.  Mushak  fassiyalari  alohida  mushakni  o`rab 
olishdan  tashqari  sinergest  guruhini  o`rab  oladi  va  suyak  tomon 
o`simta  chiqarib,suyak  bilan  birlasha  oladigan  to`sqini  hosil  qiladi. 
Fassiyalar  ba’zi  bo`g`imlar  sohasida  qalinlashadi  va  mushak  paylari 
ustidan keng boylam sifatida o`tadi. Natijada fibroz kanal yoki suyak 
–  fibroz  kanali  hosil  bo`ladi.  Bu  kanallar  ichidan  mushak  paylari 
o`tadi.  Fibroz  boylamlar  mushak  paylarini  siljimay  turishini 
ta’minlaydi.  Fibroz  kanali  ichida  sinovial  parda  bo`lib,  pardaning 
pariental  varag`i  fibroz  pardani  ichki  yuzasini  o`rab  olsa  visseral 
varag`i  esa  mushak  fassiyalarining  ustki  yuzasidan  o`tadi.  Sinovial 
parda  varaqlari  orasida  ozgina  sinovial  suyuqlik  bo`lib,  mushak 
paylarining harakatini engillashtiradi. 
 Ko`ndalang  –  targ`il  mushaklarning  ko`pchiligida  qisqaruvchi 
go`shtdor  qismi  qorinchasi  bo`lib,  mushak  uchlarining  suyaklarga 


 
65 
birikishi  sohasi  paylari  hosil  bo`ladi.Agar  go`shtdor  qismi  bir 
tomonda,  pay  ikkinchi  tarafda  bo`lsa  bunday  mushaklarga  bir  patli 
mushaklar  deyiladi.  Agar  odatda  pay  o`rtada  bo`lib,  ikki  tarafli 
mushakning  go`shtdor  qismi  bo`lsa,  u  ikki  patli  mushaklar  deyiladi. 
Ba’zi  mushak  paylarining  ichida  suyaklar  taraqqiy  etadi.  Bunday 
paylar ichidagi suyaklarga sesamasimon suyak deyiladi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling