Yo’nalishi talabalari uchun


SUYAKLARNING O`ZARO BIRIKISHI


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

SUYAKLARNING O`ZARO BIRIKISHI 
 
Syndesmologia — suyaklarning o`zaro birikishiini o`rganadigan 
bo`lim.  Quyi  tabaqali  umurtqali  hayvonlarda  —  asosan  suvda 
yashovchilarda,  skelet  suyaklari  o`zaro  biriktiruvchi  to`qimalar 
vositasida  birlashadi.  Boshqa  guruh  hayvonlarda  suyaklar  o`zaro 
tog`ay moddasi bilan qo`shilgan bo`ladi. Albatta, bunday suyaklarning 
biriktiruvchi  to`qima  yoki  tog`ay  moddalari  bilan  birlashuvi  I 
suyaklarning  o`zaro  harakatini  cheklab  qo`yadi  va  bu  uzluksiz 
birlashuv  deyiladi.  Suvda  yashovchi  hayvonlarning  quruqlikka 
chiqishi yangi birikish shakllarini keltirib chiqardi. Suyaklar richaglar 
vositasida,  harakatchan,    bo`g`imlar  hosil  qilib  uzlukli  birikish 
holatiga  o`tadi.  Demak  filogenezda  suyaklar  o`zaro  uzluksiz  va 
uzlukli  birikish  holatlarida  uchraydi.  Ontogenez  qisqa  muddat  ichida 
filogenez  holatini  qaytarganligi  uchun,  embrion  taraqqiyotida  ham, 
uzluksiz 
va 
uzlukli 
birikish 
shakllari 
uchraydi. 
Embrion 
taraqqiyotining  boshlang`ich  bosqichida  skelet  suyaklari  o`zaro 
biriktiruvchi  to`qima  vositasida  birikkan  bo`ladi.  Keyingi  davrda 
biriktiruvchi  to`qima  so`rilib,  bo`shliqlarning  hosil  bo`lishi  natijasida 
uzlukli  birlashmalar  hosil  bo`ladi.  Lekin  taraqqiyot  davomida 
biriktiruvchi  to`qima,  tog`ay  moddasi  bilan  almashsa  yoki  suyakka 
aylansa—uzluksiz  birlashma  holida  saqlanishi  mumkin.  Skelet 
suyaklari  o`zaro  biriktiruvchi  to`qima,  tog`ay  yoki  suyak  moddasi 
bilan  biriksa  uzluksiz  birlashuvlar  deb  ataladi.  Suyaklar  o`zaro 
bo`g`imlar  hosil  qilib,  harakatli  biriksa  —  uzlukli  birlashuvlar    deb 
ataladi.  Bu  ikki  birlashuvlar  orasida,  ularning  birortasiga  ham 
o`xshamagan  birlashuv  shakli  bo`lib,  ularga  yarim  bo`g`imlar 
deyiladi.  Yarim  bo`g`imlarda  cheklangan,  juda  kam  harakat  bo`ladi, 
bo`g`im  yuzalari orasida juda kichik tirqish bo`lib, bo`g`im kapsulasi 
bo`lmaydi. Ba'zi skelet suyaklari o`zaro ko`ndalang targ`il mushaklar 
vositasida  birikishii  mumkun.  Kurak  suyagining  qovurg`alar  bilan 
birikishi  yoki  til  osti  suyagining  boshqa  suyaklar  bilan  birikishi 
mushaklar  vositasida  bo`ladi.    Uzluksiz  birlashuvlar    uch  guruhga 
bo`linadi. 
1. Suyaklar o`zaro biriktiruvchi to`qima vositasida birlashladi, 
2. Suyaklar o`zaro tog`ay moddasi vositasida birlashadi. 
3.  Suyaklar  o`zaro  suyak  to`qimasi  vositasida  birlashib, 
suyaklanib ketadi. 


 
63 
Sindesmoz  va  sinxondroz  birlashuvlar  vaqtincha  yoki  doimiy 
saqlanib qolishi mumkin. Suyak taraqqiy etish jarayonida biriktiruvchi 
to`qima  yoki  tog`ay  moddasi  vositasida  biriksa,  lekin  keyinchalik  u 
yo`qolib  ketsa  —  vaqtinchali  sinartroz  birlashuvi  deyiladi.  Katta 
yoshda  ham  saqlanib  qoladigan  sinartroz  birlashuvlarga  —  doimiy 
sinartroz deyiladi. Uzlukli birlashuv holati natijasida bo`g`imlar hosil 
bo`ladi. Bo`gim hosil etish uchun quyidagi hosilalar bo`lishi kerak: 
1)  bo`g`im  yuzalari  o`zaro  muvofiq  bo`lishi  kerak.  Ularning 
yuzlari silliq tog`ay bilan qoplangan bo`ladi; 
2)  uzlukli  birlashuvlar  natijasida  hosil  bo’lgan  bo`g`imlar  xalta 
bilan  o`ralgan  bo`ladi.  Kapsulaning  tashqi  qavati  fibroz  to`qimadan 
hosil  bo’lsa,  ichki  yuzasida  esa  silliq  sinovial  membrana  bilan 
qoplanadi;    3)  bo`g`imlar  ichida  bo`shliq  bo’lib  bo’g’im  bo’shliqlari 
tashqi  muhit  bilan  aloqa  qilmaydi.  Uning  ichida  bo`g`im  yuzalarini 
ho`llab  turadigan  suyuqlik  bo`ladi.  Ba'zi  bo`g`imlar  bo`shlig`ida 
tog`ay plastinkalar bo’ladi; 
4)  bo`g`imlar  boylamlar  vositasida  mustahkamlanib  turadi. 
Ko`pincha  boylamlar  bo`g`im  kapsulasining  tashqi  yuzasida 
joylashadi  Ba'zi bo`g`imlar bo`shlig`ida ham boylamlar uchraydi . 
 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling