61
birinchi biriktiruvchi to`qima bosqichini tashkil etadigan, liqildoqlar
bo`ladi: 1) oldingi liqildoq
peshona va tepa suyaklar orasida bo`lib, 2
yoshda bitib ketadi; 2) orqadagi liqildoq
tepa va ensa suyaklari
orasida bo`lib, 2 oylikda bitib ketadi; 3) oldingi yon liqildoqlar
ponasimon suyak, peshona suyagi, tepa suyagi va chakka suyaklari
orasida joylashib, 2-3 oylikda bitib ketadi; 4) orqadagi yon liqildoq
chakka, tepa va ensa suyaklari orasida joylashib, 2-3 oylikda bitib
ketadi.
Kalla asosidagi suyaklar orasida tog`ay moddasi bo`lib, bu
taraqqiyotning tog`ay bosqichini eslatadi. Kallaning o`sishi liqildoqlar
sohasidagi biriktiruvchi to`qima va kalla asosidagi tog`ay moddalar
hisobiga bo`ladi. Yangi tug`ilgan bolada kalla suyaklaridagi
do`mboqlar, o`siqlar rivojlanmagan bo`ladi. 7 yoshgacha kalla suyagi
uning orqa qismidagi suyaklar hisobiga kattalashadi. 7 yoshdan
balog`at yoshigacha kallaning miya qismidagi suyaklar, 15 dan 24-26
yoshgacha yuz suyaklari rivojlanadi. Keksayib qolganda tishlarning
tushishi hisobiga kalla suyagi o`zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: