Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

Oyoq panjasi suyaklari 
Oyoq  panjasi  uch  guruh  suyaklardan  tashkil  topadi:  oyoq 
panjasining kaft usti suyaklarikaft suyaklaribarmoq suyaklariOyoq 
panjasining  kaft  usti  suyaklari  esa  ikki  qator  suyaklardan  tashkil 
topgan:  birinchi  qatorda  tovon  suyagi,  oshiq  suyagi    joylashadi; 
ikkinchi  qatorning  ichki  tarafida  qayiqsimon  suyak,  ichki  ponasimon 
suyak  ,  o`rta  pona-simon  suyak,  yon  ponasimon  suyak    bo`ladi. 
Ikkinchi  qatorning  lateral  qismi  kubsimon  suyakdan  hosil  bo`ladi. 
Oshiq suyagida tana bo`yin qismi boshchasiqayiqsimon suyak bilan 
bo`g`im hosil etuvchi  yuza uning  yuqori qismida  g`altaksimon hosila 
va uning yuqori bo`g`im yuzasi bo`ladi. G`altaksimon hosilaning ikki 
yon tarafida boylamlar birikadigan yuza  hosil bo`ladi. 
Oshiq  suyagining  bo`yin  qismida  tovon  suyagi  bilan  bo`g`im 
hosil qiluvchi medial yuza  oshiq suyagidagi egat  joylashadi. 
Oshiq  suyagining  tanasida  lateral  o`simta,  va  orqa  o`simta    bu 
o`simta  sohasida  lateral  do`nglik    va  medial  do`nglik  bo`ladi.  Tovon 
suyagining  orqa  yuzasi  sohasida  bo`rtiq,  kubsimon  suyak  bilan 
bo`g`im  hosil  etuvchi  yuza,  oshiq  suyagi  bilan  bo`g`im  hosil  etuvchi 
yuzalar bo`ladi. 
Tovon  suyagi  do`ngligida  lateral  o`simta  va  medial  o`simta  
bo`ladi.  
Oyoq  panjasining  kaft  usti  suyaklari  yonidagi  suyaklar  bilan 
birikuvchi bo`g`im yuzalari, bo`rtiqlar  bo`ladi. Oyoq panjasining kaft 
suyaklari  naysimon  shaklidagi  suyaklar  guruhiga  kirib,  uning  asosi  
tanasi    boshchasidan  iborat.  Birinchi  kaft  suyagida  bo`rtiq    I  va 
beshinchi  kaft  suyagida  bo`rtiq    bo`ladi.  Oyoq  barmoqlari  uch  guruh 
falang suyaklaridan hosil bo`ladi: proksimal barmoqlar , o`rta falang , 
tirnoq  falangalari.  Bosh  barmoqda  o`rta  falang  suyagi  bo`lmaydi. 
Falang  suyaklarida  boshchasi,  tanasi,  asosi  bo`ladi.  Falang 
suyaklarining  boshchasida  g`altaksimon  hosila  bo`ladi.  Barmoq 
suyaklarida  mushak  paylarining  ichida  joylashadigan  sesamasimon 
suyaklar uchraydi. Oyoq panjasidagi suyaklarning suyaklanish nuqtasi 
tovon  suyagida  embrion  taraqqiyotining  6-  oyida,  oshiq  suyakda 
embrion  taraqqiyotining  7-8-  oyida,  cuboideum  suyagida  embrion 


 
58 
taraqqiyotining  9-  oyida,  laterial  ponasimon  suyagida  tug`ilganidan 
so`ng  1  yoshda,  kalta  naysimon  suyaklarning  epifiz  sohasida 
suyaklanish  nuqtasi  2-3  yoshlarda  hosil  bo`lib,  suyaklanib  ketish  20-
25 yoshlarda bo`ladi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling