Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
Son suyagi
Son suyagi naysimon suyaklar guruhiga kirib, uning yuqori uchida boshcha, boshcha yuzasidagi chuqurcha, bo`yin qismi bo`ladi. Bo`yin qismining tanaga o`tish sohasida mushaklar birikadigan katta ko`st, kichik ko`st bo`rtiqlari, katta ko`st orqa yuzasining yuqori qismida chuqurcha har ikkila ko`stlar orasida oldingi sohada, orqa sohada esa qirrasi bo`ladi. Bu qirrada kvadrat mushagi birikadigan bo`rtiq joylashadi. Son suyagi tanasining yuqori qismi orqa yuzasining tashqi tarafida mushaklar birikadigan bo`rtiq, ichki tarafida esa hosil bo`ladi. Son suyagi tanasining orqa yuzasidagi chizigi ikkiga: ichki va tashqi chiziqlarga ajraladi. Bu chiziqlar orasida taqim yuzasi hosil bo`ladi. Son suyagining pastki uchida ichki do`ngsimon o`simta va tashqi do`ngsimon o`simta bo`ladi. Har ikkala do`ngsimon o`simtalarning oldingi yuzasida tizza qopqog`i suyagi bilan birikadigan yuza, orqa sohasida esa chuqurcha hosil bo`ladi. Har bir do`ng usti sohasida chiziqlari bo`lib, ichki (medial) do`ng usti sohasida yaqinlashtiruvchi mushak birikadigan bo`rtiq bo`ladi. Laterial do`ng usti sohasida taqim egati uchraydi. Orqa sohada chuqurcha, oldingi yuzada esa chiziq joylashadi. Chaqaloqlarda son suyagining tanasi (diafiz) suyaklardan, qolgan soha esa tog`aydan iborat bo`ladi. Suyaklanish nuqtalari boshchada — 1 yoshda, katta ko`st sohasida — 3-4 yoshlarda, kichik ko`st sohasida — 9-14 yoshlarda 56 hosil bo`ladi. Son suyagining distal qismida suyaklanish nuqtalari chaqaloqlarning tug`ilish vaqtiga to`g`ri keladi. Son suyagining to`liq suyaklanb ketishi —14-16 yoshlarda bo`ladi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling