Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
Qo`l panjasi suyaklari Qo`l panjasi suyaklari uch guruh suyaklardan: kaftning ustki qismidagi, qo`l kafti, qo`l barmoqlarining suyaklaridan tashkil topgan. Kaft usti suyaklari ikki qator bo`lib joylashgan 8 ta suyaklardan iborat. Bilak suyaklariga yaqin qatorda quyidagi suyaklar joylashadi: qayiqsimon, yarimoysimon, uch qirrali, no`xatsimon. Ikkinchi qatorda quyidagi suyaklar bo`ladi: trapetsiya, trapetsiya-simon boshchali ilmoqsimon. Har bir suyakda yonidagi suyaklar bilan bo`g`im hosil qiluvchi yuzalar bo`ladi. Kaft usti suyaklariga mushaklar birikishidan bo`rtiqlar va ilmoqsimon suyakda ilmoq hosil bo’ladi. Kaft usti suyaklarining kaft yuzasida qayiqsimon suyakning va trapetsiya suyagining bo`rtig`idan tepalik hosil bo`ladi. Ichki tarafdagi tepalik esa no`xotsimon suyak bilan ilmoqsimon suyakning ilmog`idan tashkil topadi. Bu ikki tepaliklar orasida kaft egati hosil bo’ladi. Qo’l kaftidagi suyaklar naysimon suyaklar guruhiga kirib, boshcha, tana asos qismidan tashkil topgan. Qo’l barmoqlarining suyaklari ketma- ket joylashadigan naysimon suyaklardan tashkil topib, proksimal, 53 o`rta, tirnoq falanglaridan tashkil topadi. Bosh barmoq suyaklarida o`rta falanga suyagi bo’lmaydi. Uch qirrali suyakda suyaklanish nuqtasi 3 yoshda, boshchali suyagida suyaklanish nuqtasi 2- oyda, ilmoqli suyagida 3- oyda, yarimoy suyagida 4 yoshda, qayiqsimon suyagida 5 yoshda, trapesiya suyagida 5 suyagida 6 yoshda bo’ladi. No`xotsimon suyakda suyaklanish qizlarda 7-12 yoshlarda, o`g`il bolalarda 10-15 yoshlarda tugaydi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling