Yo’nalishi talabalari uchun
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
odam anatomiyasi (1)
51 Yelka suyagi Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda yelka suyagining boshchasi tog`aydan iborat bo`ladi. U 1 yoshga to`lguncha boshchada suyaklanish nuqtasi hosil bo’ladi. 2-3 yoshlarda katta do`mboq sohasida, 3-4 yoshlarda kichik do`mboq sohasida ham suyaklanish nuqtalari hosil bo`ladi. Yelka suyagining proksimal uchidagi bu suyaklanish nuqtalarining qo`shilib ketishi 4-6 yoshlarga, uning proksimal uchini suyak tanasi (diafiz) bilan qo`shilib (suyaklanib) ketishi 12-18 yoshlarga to`g`ri keladi. Yelka suyagining distal uchida suyaklanish nuqtalari 2 yoshda 12-13 yoshlarda, to`liq suyaklanib ketishi 20 yoshlarda yakunlanadi. Yelka suyagi uzun naysimon suyaklar turkumiga kirib, ikki uchi va ular orasidagi tanasi bo`ladi. Bu suyakning yuqori uchida kurak suyagi bilan birikadigan boshchasi, anatomik bo`yin qismi, mushaklar birikadigan katta bo`rtiq kichik bo`rtiq sohalari ko`rinadi. Har bir bo`rtiqdan qirralar yo`naladi: katta bo`rtiqdan yo`naluvchi qirra va kichik bo`rtiqdan yo`naluvchi qirra bo’ladi. Bu hosilalar orasida esa egat bo`ladi. Yelka suyagi yuqori uchining tana qismiga o`tish sohasi xirurgik bo`yin deyiladi. Yelka suyagi tanasining lateral tarafida deltasimon mushak birikadigan bo`rtiq, uning orqasida esa tashqi tarafga yo`nalgan bilak nervi egati hosil bo`ladi. Yelka suyagining pastki uchida bilak suyagi bilan bo`g`im hosil qiluvchi boshcha, tirsak suyagi bilan bo`g`im hosil etuvchi g`altaksimon hosila bo`ladi. Shu sohaning oldingi yuzasida bilak suyagidan hosil bo`lgan chuqurcha, tirsak suyagining tojsimon o`simtasidan hosil bo`lgan chuqurcha, orqa yuzasida esa tirsak suyagining o`simtasi birikishidan hosil bo`lgan chuqurcha bo`ladi. Yelka suyagining pastki uchida bilak mushaklari birikadigan ichki o`simta va tashqi o`simta bo’ladi. Bilak sohasida ikkita naysimon suyaklar bo`ladi: ichki medial tarafda tirsak suyagi, bilak suyagi joylashadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling