Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

 
QO’L SUYAKLARL 
Qo’lga  tegishli  suyaklar  ikki  guruh  suyaklarni  tashkil  etadi:  1) 
yelka kamari suyaklari 2) erkin holda joylashgan qo’l suyaklari (yelka, 
bilak va qo’l panja suyaklari). 
Yelka kamari suyaklari. O’mrov suyagi 
O’mrov suyagi tana skeletini, qo`l bilan birlashtiradi va tanadan 
yelka bo`g`imini uzoqroq turishini ta'minlaydi.  Shu sababdan o`mrov 


 
50 
suyagi jarohatlansa qo`l tanaga yaqinlashadi. 
O’mrov  suyagining  o`rta  qismi  biriktiruvchi  to`qima  holatida 
suyaklanadi  (birlamchi  suyaklar),  uning  uchlari  esa  tog`ay  to`qima 
holatidan  so`ng  suyaklanadi.  Suyaklanish  nuqtasi  bitta  bo`lib  to`sh 
suyagiga  yaqin  uchidan  boshlanadi  (monoepifezar  suyak).  O`mrov 
suyagining  suyaklanish  jarayoni  perixondral  va  endoxondral 
holatlarda 
rivojlanadi. 
Unda 
suyaklanish 
nuqtasi 
embrion 
taraqqiyotining  6  haftasida  hosil  bo`ladi.  Lekin  bu  suyakning  to`sh 
suyagiga  birikadigan  uchida  suyaklanish  nuqtasi  16-18  yoshlarda 
paydo bo`lib, to`liq suyaklanib ketish 20-25 yoshlarda yakunlanadi. 
O`mrov  suyagining  ikki  uchi:  to`sh  suyagiga  birikuvchi,  kurak 
suyagining  akromion  o`simtasiga  birikuvchi    va  ular  orasida 
joylashgan tanasi  bo`ladi. Akromial uchida  va to`sh suyagiga birikish 
sohasida  bo`g`im  yuzasi    bo’ladi.  O`mrov  suyagining  to`sh  suyagiga 
birikadigan  uchi  old  tarafga  yoysimon  bo`rtib  turadi  va  aksincha 
lateral  uchi  botiq  bo’ladi.  O`mrov  suyagining  ostki  yuzasining  
akromial uchida bo`rtiq bo’ladi.  
  
 Kurak suyagi  
Yangi  tug`ilgan  chaqaloqlarda  kurak  suyagining  tanasi  va 
ko`ndalang joylashgan qirradan iborat bo’ladi. Bir yoshda suyaklanish 
nuqtasi  tumshuqsimon  o`simtada,  11-18  yoshlarda  suyaklanish 
nuqtalari qolgan hosilalarda  ko`rinadi. To`liq suyaklanib ketish holati 
18-24 yoshlarga to`g`ri keladi. 
Kurak  suyagi  yassi,  uch  qirrali  bo’lib,  II—VII  qovurg`alar 
sohasida  joylashadi.  Kurak  suyagining  quyidagi  qirralari  bo’ladi: 
yuqori qirrasi  ichki qirrasi  tashqi qirrasi 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling