Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

Bachadon nayi 
Bachadon    nayi    tuxumdonga  etilgan  tuxum  hujayralarni  


 
89 
bachadonga  o`tkazish  vazifasini  bajaradi.  Bachadon  nayining  tashqi 
seroz pardasi qorin parda to`qimasidan hosil bo`ladi. Bu parda ostiga 
uzunasiga yunalgan va halqasimon mushaklar joylashgan, ichki shilliq 
qavat bo`lib, kiprikli epiteliy hujayralari bilan qoplangan va burmalar 
hosil bo`ladi. 
Bachadon 
Bachadon  homila  taraqqiy  etadigan  mushakli  a`zodir.  Bu  a`zo 
siydik qopchasi bilan to`g`ri ichak orasida joylashgan. 
Bachadon 5 qismdan: tubi, tanasi, bo`yin qismi, bachadon shoxi, 
bachadon chetidan iborat. 
Bachadon 
bo`shlig`i 
ichki 
anatomik 
teshik 
vositasida 
bachadonning qismiga davom etadi. Bachadon  bo`yni   qinga  teshik  
holida    ochiladi.      Uning    ichki    yuzasida  burmalar,  bezlar  bo`ladi. 
Bachadonning  tashqi  tarafini  yog`  moddali    klechatka  o`rab  turadi. 
Uning devori 3 qavatdan iborat. 
1) Tashqi tarafdan seroz qorin parda bilan qoplangan. 
2) O`rta qavat - silliq mushak qavat. 
3) Ichki - shilliq qavat 
Qorin  parda  bachadonni  o`rab,  ikki  yon  tarafga  yo`nalishidan 
bachadonning  keng  boylami  hosil  bo`ladi.  Bachadonning  bo`yin 
sohasida ko`ndalang boylam bo`ladi. 
 
Qin  
Qin  bachadon  bo`yni  bilan  tashqi  tanosil  a`zolari  oralig`ida 
joylashgan.  Uzunligi  8  sm  gacha  bo`lgan  qin  devorining  ichki  shilliq 
qavatida  juda  ko`p  ko`ndalang  burmalar  ko`rinadi.  O`rta  qavatda 
ko`ndalang  va  uzunasiga  yo`nalgan  mushak  mavjud.  Mushaklarni 
tashqi tomondan fibroz parda o`raydi. Qizlarda qinning tashqi teshigi 
halqa  shaklida  shilliq  qizliq  parda  bilan  bekilib  turadi.  Pardaning 
o`rtasida kichkina teshik bo`ladi. 
Ayollarning  tashqi  tanosil  a`zolari  katta  va  kichik  uyatli  lablar 
hamda ular orasida joylashgan klitorlardan iborat. 
Katta  uyatli  lablar  -  tanosil  yorig`ining  ikki  yonboshida  teri 
burmasidan    iborat  bo`lib,  ichida  biriktiruvchi  yog`  to`qima  ko`p. 
Lablar oldingi va orqa tomonda o`zaro qo`shma hosil qilib birlashadi. 
Qov  bilan  katta  uyatli  lablar  terisining  oldingi  yarmi  (13-15  yoshdan 
boshlab)  tuk  bilan  qoplangan  bo`ladi.  Katta  uyatli  lablar  terisi 
ichkarisiga  qarab  yo`nalgan  sari  yupqalashib,  shilliq  pardaga  o`tib 


 
90 
ketadi. 
Kichik  uyatli  lablar  katta  uyatli  lablar  ostida  sagittal  bo`lib 
joylashgan  teri  burmasidan  iborat.  Kichik  uyatli  lablarning  ichki 
yuzalari shilliq pardadan tuzilgan bo`lib, bir-biriga tegib turadi, tashqi 
yuzalari  esa  teridan  tuzilgan  bo`lsa  ham,  birmuncha  qizg`ish 
ko`ringani uchun shilliq pardaga o`xshab ketadi. Katta va kichik uyatli 
lablar  oralig`ida  klitor  (shahvoniy  do`ng)  joylashgan.  Klitor  tuzilishi 
va  shakli  jihatidan  erlik  olatini  eslatadi.  Lekin  klitorni  faqat  ikkita 
g`ovak  tana tashkil etadi. Klitor sezuvchi nerv  oxirlariga boy. Undan 
pastrokda  siydik  chiqarish  nayining  tashqi  teshigi  va  undan  xam 
pastroqda qin teshigi joylashgan. 
 
 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling