Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

Siydik yo`li 
Siydik  yo`li  buyrak  jomidan  siydikni  qovuqqa  o`tkazuvchi  nay 
hisoblanadi.  Uzunligi  30  sm,  eni  8  mm  bo`lib,  yuqoridan  pastga 
tomon yassilashgan va qorin pardadan tashqarida joylashgan. U qorin 
va chanoq qismlaridan iborat. Siydik yo`li qovuq mushaklarini teshib 
bo`shliqqa  ochiladi.  Ayollar  siydik  yo`li  erkaklarnikiga  nisbatan  2-3 
sm qisqa bo`ladi. 
Siydik yo`li devori 3 qavatdan  tuzilgan. 
1. SHilliq qavat - unda shilliq chiqaruvchi bezlar mavjud. 
2. Mushak qavati. 
3. Biriktiruvchi to`qima. 
CHaqaloqlarda  siydik  yo`li  duksimon  shaklda  bo`ladi.  U 
bolalarda tez o`sadi. 
Qovuq 
500-700  ml hajmli qovuq  kichik chanoqda joylashgan.   Qovuq 
bo`shligida  bujmayib  shilliq  qavat  burmalari  ko`payadi,  mushak 
qavati qalinlashadi. 
 Qovuq  3 kismdan iborat: tubi, cho`qqisi, tanasi. 
Qovuq  bo`sh  bo`lganda  yuqoriroqda,  suyuqlik  bilan  tulganda 


 
86 
pastga  tushadi.  YAngi  tug`ilgan  chaqaloq  qovug`i  cho`zinchoq  duk 
yoki naysimon bo`ladi. Qovuq devori 4 qavatdan tuzilgan: 
1. SHilliq qavat - Bu qavatda shilliq bezlar, limfa tugunlari 
bo`ladi. 
2. SHilliq osti qavat - Biriktiruvchi to`qimadan iborat. 
3.   Mushak  qavati  silliq  mushakdan  iborat  bo`lib,  uch   qavat  
bo`lib joylashgan: 
a)  tashqi uzunasiga ketgan tolalar 
b) o`rta ko`ndalang tolalar 
v) ichki ko`ndalang va buylama tolalar joylashgan. 
Uch  qavatli mushak tolalari bir-biriga yopishmagan. 
4. Seroz parda kavati. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling