Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

Bronxlar. 
Bronxlar,  kekirdakning  4-5-ko`krak  umurtqalari  ro`parasida 
o`ng  va  chap  bronxlarga  bo`linishi  boshlanadi.  Ung  bronx  chap 


 
83 
bronxga  nisbatan  kalta  va  kengroq  bo`lib,  6-ta  tog`ay  halqadan 
tuzilgan.  CHap  bronx  tor  va  uzunroqdir.  U  9-12  ta  tog`ay  halqadan 
tuzilgan.  Bronxlar  shilliq  qavati  traxeya  shilliq  qavatiga  o`xshab 
tuzilgan.  Asosiy  bronxlar  o`pka  darvozasiga  kirib,  maydaroq 
bronxlarga bo`linadi. 
O`pka 
O`pka  ko`krak  qafasida  joylashadi:  o`ng  va  chap  qismlarga 
bo`linadi. O`ng o`pka hajmi katta bo`ladi. Har bir o`pka; uchi va asos 
qismlarga  bo`linadi.  O`pkaning  pastki  yuzasi  diafragmaga,  tashqi 
yuzasi qovurg`alarga qaragan va ichki yuzasi bo`ladi. O`pkaning ichki 
yuzasida uning darvozasi bo`lib, asosiy  bronx,  o`pka arteriyasi, nerv, 
venasi va limfasi bilan to`lib turadi. O`ng o`pka 3 ta bo`lakdan, chap 
o`pka 2 bo`lakdan iborat. O`pkalarning bo`laklari o`z navbatida kichik 
bo`laklarga bo`linib, bu bo`lakchalar biriktiruvchi to`qimadan tuzilgan 
devorcha va qon tomir bilan ajralib turadi. 
Asosiy bronxlar o`ng va chap o`pkalar darvozasidan kirib, daraxt 
shoxi  kabi  o`pka  bo`laklari  tarmoqlariga  bo`linadi.  O`ng  o`pkaga 
kirgan  bronx  uch  bo`lakka,  chap  o`pka  bronxi  ikki  bo`lakka 
tarmoqlanadi. 
Bo`lak      bronxlar      ikkala      o`pkada      taxminan      1000      taga   
yaqin bo`linadi. 
Bronxlar  daraxti  nafas  yo`li  hisoblanib,  bronxlar  oxirgi 
qismlarida  tog`ay  plastinkalar  va  shilliq  bezlar  uchramaydi.  Har  bir 
bronx  ikkita  bronxiolaga  bo`linadi,  bronxiola  torayib  nafas 
naychasiga,  u  esa  kengayib  nafas  pufakchasi  alveolaga        aylanadi.  
O`pkalarda 300-500 mln alveola bo`ladi, uning sathi 30-100 m
2

Alveolalar devori bir qavatli yapaloq epiteliydan tuzilgan bo`lib, 
juda ko`p kapillyar qon tomirlar bilan o`ralgan. Ana shu qon tomirlar 
bilan alveola o`rtasida osmotik bosimga asoslanib gazlar almashinuvi 
bo`ladi. 
Plevra 
Plevra o`pkani qoplagan seroz parda. Plevra ikki qavatli bo`ladi. 
Uning ustidan o`rab turgan varag`i, ichki yoki o`pka varag`i, ko`krak 
bo`shlig`i devorining ichki tomoniga yopishgan varag`i parietal varaq 
deyiladi. Visseral plevra o`pka to`qimasiga yopishib, uning bo`laklari 
oralig`iga  yorib  kiradi.  U  o`pka  darvozasiga  kelganda  o`zaro 
uchrashadi,  qo`sh  qavatli  boylamni  hosil  qiladi.  Parietal  plevra 
qovurg`a  ,  diafragma,  ko`ks  oralig`i  qismlariga  ajraladi.  Parietal  va 


 
84 
vistseral  pardalar  o`rtasida  bo`shliq  bo`lib,  bu  bo`shlikda  ma`lum 
miqdorda  suyuqlik  bo`ladi.  U  plevra  suyuqligi  deyiladi  va  u  nafas 
olishga yordam beradi. 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling