Yo’nalishi talabalari uchun


Download 0.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/137
Sana05.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#227425
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   137
Bog'liq
odam anatomiyasi (1)

 
 
NAFAS A`ZOLARI TIZIMI 
 
Odam  hamma  tirik  organizmlar  singari  havo  tarkibidan  nafas 
a`zolari yordamida kislorod qabul qilib, nafas orqali karbonat angidrid 
chiqaradi. 
Odamning  nafas  a`zolariga:  burun  bo`shlig`i,  hiqildoq,  traxeya, 
bronx  va  o`pka  kiradi.  Bular  o`pka  alveolariga  kislorod  etkazib 
beruvchi yo`l hisoblanadi. 
Burun bo`shlig`i 
Burun bo`shlig`i nafas yo`lining boshlanish qismi bo`lib, oldinda 
tashqi  burundan  noksimon  teshik  orqali  havo  kirib,  orqa  tomonda 
joylashgan xoana orqali burun-hiqildoq yo`liga o`tadi. 
Burun bo`shlig`i qon tomir va bezlarga boy bo`lgan shilliq qavat 
bilan qoplangan. SHilliq qavatida kiprikli epiteliy joylashgan. SHilliq 
qavat  ostida  ayniqsa  vena  chigallari  yaxshi  rivojlangan.  Burun 
bo`shlig`ining  yuqori  qismidagi  shilliq  qavatda  hidlash  nervi  uchlari 
joylashgan. Odatda burun bo`shlig`ining o`rta va pastki qismiga nafas 
olish  bo`lagi  deyiladi.  Burun  bo`shlig`i  yon  devoridagi  chig`anoqlar 
va  uning  atrofida  joylashgan  kovaklar  burun  bo`shlig`i    yuzasini 
oshirib,  nafas  olganda  burunga  kirgan  havoning  tozalanishini, 
namlanishini va ilishini ta`minlaydi. Burunga kirish qismi -  noksimon 
teshik  oldindan  burun  suyaklari  va  tog`oylari  bilan  chegaralanib, 
burunning  old  devorini  hosil  qiladi.  Burunning  qanot  tog`aylari 
uchburchak shaklli, bir juft bo`lib, yonbosh qismida burun qanotlarini 
pastga,  burun  qirrasini  hosil  qiladi.  Tog`aydan  tuzilgan  o`rta  devor 
burun teshigini ikkiga ajratadi. 


 
82 

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling